www.ziyouz.com kutubxonasi
19
– Darhaqiqat, mening xabarimni (bilishga) qodir bo‘ldingiz. Aytinglar-chi, o‘zlaring
kimsizlar?
– Biz arablarmiz. Kemaga chiqqan edik, dengiz to‘lqinlanib bizni bir oy o‘ynadi. So‘ng
sening orolingga yaqin kelib qolibmiz. Qayiqlarga o‘tirib, orolga tushdik. Bizga bir jundor
– sochi ko‘p hayvon ro‘baro‘ bo‘ldi. Sochi (juni) ko‘pligidan orqasidan oldida nima
borligini bilmadik. Unga: «Vayl bo‘lsin senga, kimsan?» deb savol berdik. «Men
Jassasaman», dedi. «Nima u Jassasa», dedik. U aytdiki: «Dayrda o‘tirgan anavi kimsa
oldiga boringlar. U xabaringizga mushtoq». So‘ng sen tomonga tez yo‘l oldik. Uning
shayton bo‘lishidan qo‘rqqan edik.
(G‘ordagi kimsa) dedi:
– Menga Bayson xurmolari haqida xabar beringiz.
– Uning nimasi haqida so‘rayapsan? – dedik biz.
– U yerning xurmolari meva solyaptimi?
– Ha!
– Meva bermay qolay demayaptimi? Endi Tabariya ko‘li haqida xabar beringiz.
– Uning qaysi narsasidan xabar berishimizni so‘rayapsan?
– Ko‘lda suv bormi? – Ha, hali ko‘lning suvi ko‘p.
– U quriy-quriy deb qolmadimi? (Endi) Zug‘ar bulog‘i haqida gapiringiz!
– Uning nimasi haqida xabar kerak?
– Buloqda suv bormi? Aholi uning suvi bilan ekin ekyaptimi?
– Ha, buloqda suv ko‘p. Buloq ahli uning suvidan foydalanib ekin ekishyapti.
– Ummiylar payg‘ambari haqida xabar beringiz! U nima qildi?
– Payg‘ambar Makkadan chiqdi. Madinaga tushdi.
– Arablar bilan urushdimi?
– Ha!
– Ularga qanday muomala qildi?
Unga payg‘ambarning atrofdagi arablar ustidan g‘olib kelganini va ularning itoatga
kirganini aytib berdik.
– Shunday bo‘ldimi?
– Ha.
– Unga itoat etishlari o‘zlariga yaxshi emasmidi? (Endi) sizlarga o‘zim haqimda xabar
beray. Men Masih Dajjolman. Chiqishga izn berilishiga yaqin qoldi, deb turibman. Qirq
kun ichida Makka va Toyyibadan boshqa barcha qishloq (shahar)ni kezib chiqaman.
Makka bilan Toyyiba menga harom qilingan. Qachon ularga maqsad qilsam, meni qo‘lida
yalong‘ochlangan qilich tutgan farishta qarshilab, u yerdan to‘sadi. Uning (shaharning)
har bir (kirish) yo‘lida farishtalar qo‘riqchilik qiladi».
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) so‘ng asolari bilan minbarga urib: «Mana shu
(er) Toyyiba (ya’ni, Madina) Axir men sizlarga mana shu gaplarni aytmaganmidim?!»
dedilar. «Ha (aytgansiz)», deyishdi kishilar. «Tamimning so‘zlari mening Dajjol va
Madina-Makka haqida sizlarga aytgan so‘zlarimga muvofiq kelganidan ajablandim. Ogoh
bo‘lingizkim, u (Dajjol) Shom va Yaman dengizida. Yo‘q, balki u mashriq tomondan,
mashriq tomondan, mashriq tomondan», deya Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)
qo‘llari bilan mashriqqa ishora qildilar».