Microsoft Word qiyomat alomatlari ziyouz com doc



Yüklə 430,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/76
tarix13.05.2023
ölçüsü430,02 Kb.
#112966
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   76
qiyomat alomatlari ziyouz com

kunlaringizdek bo‘ladi», deganlari ham shunga dalolat qiladi. Endi o‘sha uzun 
kunlarga o‘z miqdor-o‘lchovini berishga kelsak, bu quyidagicha tushuniladi: o‘sha 
kunning tonggi otgach, har kuni o‘lchov bilan peshin kutiladi. Odatdagi vaqtga ko‘ra 
peshin kirganligi aniqlanib, namoz o‘qiladi. Peshindan so‘ng odatda asr kirishi uchun 
qancha kutilsa, shuncha turilib asr o‘qiladi. Asrdan so‘ng shom kirishi uchun ilgari 


Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
16
qancha vaqt kutilgan bo‘lsa, yana shuncha muddat kutiladi-da, keyin shom o‘qiladi. 
Xufton va bomdodlar ham xuddi shunday belgilanadi»
Menimcha, mazkur uch kunning uzunligidan murod – u kunlarda Dajjol fitnasi sababli 
qattiq qayg‘urish bo‘lsa kerak. Ya’ni, kunlar qayg‘u-g‘am ko‘pligi bois yildek, oydek uzun 
tuyuladi. 
* * * 
Savol: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ashoblariga: «U kunlarga o‘z miqdorini 
belgilaysizlar», deb javob berishlari bilan sahobalarning u kunlarni haqiqatan ham yil-oy 
kabi uzun deb tushunganlarini tasdiqlamadilarmi? 
Javob: Balki bu yerda shar’iy hukm bayon qilinayotgandir. Ya’ni, qutb va shimol 
tomonlardagi kabi uzun kunlar musulmonlar boshiga tushsa, nima qilish lozimligi 
tushuntirilgan. Yana Allohning o‘zi bilguvchiroqdir! 
Savol: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) qanday qilib sahobalari noto‘g‘ri 
tushunsalar ham, ularni tasdiqlab, indamay qo‘ydilar? 
Javob: Bu taqrir tasdiq emas. Balki o‘ta muhim shar’iy ahkomlarni bayon qilib 
berishdir. Chunki kunning 24 soatdan ortiq bo‘lishi hayotda uchraydigan hodisa va ayni 
mana shunday holatda namoz hukmini bayon qilib berish vojibdir. 
Savol: Agar Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Dajjol kunlarining uzunligini 
aytayotganlarida haqiqiy emas, nisbiy (ma’joziy) uzunlikni nazarda tutgan bo‘lsalar, 
nega endi ashoblariga buni ochiq aytib qo‘ymadilar? 
Javob: Bu ta’riflash, ochiq-oydin bayon qilishdan ko‘ra balog‘atliroq. Bunga boshqa bir 
misol keltirish ham mumkin: 
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasulullohning (sollallohu alayhi 
vasallam) ayollaridan biri u kishidan: «Qay birimiz sizga eng tez yetishamiz?» deb 
so‘radi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Eng uzun qo‘lligingiz», dedilar. Ular bir 
qamishni olib, o‘lchashga kirishdilar. Savdaning qo‘li hammanikidan uzun chiqdi. Keyin 
bilsak, uning uzun qo‘lliligi sadaqa qilishi (ochiqqo‘lligi) ekan. Bizning ichimizda u eng 
birinchi Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) yetishdi. U sadaqa qilishni yaxshi ko‘rar 
edi» (Muttafaqun alayh). 
 
Demak, some’lar noto‘g‘ri tushunsalar ham, ba’zan bayon-izoh bermasdan sukut 
saqlash ham mumkin ekan. Ya’ni, kishilar keyinroq ishoralar orqali so‘zdan nima ko‘zda 
tutilganini bilib olishadi. 
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Eng uzun qo‘lligingiz», deganlarida faqir-
miskinlarga ko‘p sadaqa qiluvchi ma’nosini nazarda tutgan edilar. Lekin onalarimiz 
so‘zning zohirini tushunib, qo‘l o‘lchashga tutinishdi. Ammo keyinroq o‘zlarining 
xatolarini anglab yetdilar. 


Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar 

Yüklə 430,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin