www.ziyouz.com kutubxonasi
18
Uchinchi fasl Dajjol hozir hayotmi? Ajab savol.
Javob ham ajab.
Sahih hadislarda Masih Dajjolning Yaman dengizi orollarining birida tutqin ekani
rivoyat qilingan.
Yana boshqa sahih rivoyatlarda esa Dajjol sifatlarini o‘zida jamlagan kimsa haqida
xabar berilgan. Hadislarda aytilishicha, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)
zamonlarida yashagan o‘sha kimsaning ismi Ibn Sayyod yoki Ibn Said bo‘lgan.
Shubhasiz mazkur hadislarning hammasi ham sahih va kuchli sanadli hadislar.
Masalaning o‘ta nozikligi, rivoyatlarni jamlash yoki birini boshqasidan og‘ir-kuchli deyish
mushkulligi bois ulamolar turlicha fikr bildirganlar.
Alloh taolo iznu irodasi bilan quyida mavzuga aloqador hadislarni va ulamolar so‘zini
sanab o‘tamiz. So‘ng Alloh madadi ila, inshaalloh, bir to‘xtamga kelamiz.
Tamim Doriy hadisi 50. Fotima binti Qays roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Jarchining «Jamoat
namozi» deya jar solayotganini eshitib, masjidga chiqdim. Qavmning eng oxiridagi
ayollar safida turib, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bilan namoz o‘qidim.
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) namozlarini tugatgach, kulib minbarga o‘tirdilar.
So‘ng: «Hech kim joyidan jilmasin. Sizlarni nega to‘plaganimni bilasizlarmi?» dedilar
Nabiy alayhissalom. «Alloh va rasuli bilguvchiroqdir!» deb javob qaytardi kishilar.
«Allohga qasamki, men sizlarni qo‘rquv yoki quvonch sababli jamlaganim yo‘q. Sabab
shuki, Tamim Doriy nasroniy edi. U kelib bay’at berdi va musulmon bo‘ldi. Tamim Doriy
menga bir gap aytdi. Uning so‘zlari men sizlarga aytgan Dajjol haqidagi so‘zlarga
muvofiq kelar ekan. Tamim Doriyning aytishicha, u Laxm va juzomlik o‘ttiz kishi bilan
birga kemaga o‘tiribdi. (Dengiz) to‘lqini ularni(ng kemasini) bir oy o‘ynabdi. So‘ng
kunbotarda ular bir orolga yaqinlashibdilar. Kichik-kichik qayiqlarga tushib, orolga
kelishibdi. Ularga bir qalin sochli (jundor) hayvon (maxluq) ro‘baro‘ bo‘libdi. Uning (juni
ko‘pligidan) orqasidan oldidagi narsani bilmabdilar.
– Vayl bo‘lsin senga! Kimsan? – deb so‘rabdilar.
– Men Jassasa bo‘laman, – deydi.
– Nima u Jassasa?
– Ey qavm! Sizlar (mana bu) dayr (g‘or)dagi odamning oldiga kiringlar! U
xabaringizga mushtoq (bo‘lib o‘tiribdi).
Maxluq ular tomon yura boshlaganini ko‘rgach, shayton-jin bo‘lishidan (qo‘rqib),
undan uzoqlashibdilar.
(Tamim Doriyning o‘zi) aytadi: «Biz tez yurib dayrga kirdik. U yerda bahaybat bir
inson turardi. (Bu ulkan gavdali kishi) mahkam zanjirlangan edi.
– Vayl bo‘lsin, sen kimsan? – deb so‘radik.