www.ziyouz.com kutubxonasi
12
Kishilar buni ko‘rganlaridan so‘ng uning oldiga Shom abdol – solih kishilari va ahli Iroq
asoib – birlashgan guruhlari kelib bay’at beradi. So‘ng Qurayshdan bir kishi chiqadi,
uning tog‘alari Kalb (qabilasi). Ularga qo‘shin yuboriladi va bu qo‘shin g‘olib bo‘ladi. Bu
Kalb yurishidir. Kalb g‘animasiga qatnashmagan kishilar omadsizlikda qoladi. (So‘ng) u
molni taqsim qiladi. Kishilar o‘rtasida Nabiylari sunnati bilan ish yuritadi. Islomni yer
yuzida barqaror o‘rnatadi. Yetti yil turib, so‘ng vafot etadi. Unga musulmonlar janoza
o‘qiydilar»(Abu Dovud rivoyati. Sanadi hasan). Ikkinchi fasl Masih Dajjol Kutilayotgan g‘aybiy yomonlik Mo‘minlar uchun eng katta fitna Masih Dajjol fitnasidir. Rasululloh (sollallohu alayhi
vasallam) namozlari so‘ngida tashahhuddan keyin, salomdan oldin Dajjol fitnasidan
panoh tilaganlar va shunday qilishga buyurganlar. Bu ham Dajjol fitnasining katta va
xatarli ekaniga dalolat qiladi.
29. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)
dedilar: «(Qay) biringiz oxirgi tashahhuddan forig‘ bo‘lsa, to‘rt narsadan Allohdan panoh
tilasin: jahannam azobidan, qabr azobidan, tiriklik va o‘lim fitnasidan hamda Masih
Dajjol yomonligidan»(Muslim rivoyati). 30. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Alloh taolodan quyidagicha panoh
so‘rardilar: «Parvardigoro! Men Sendan do‘zax azobidan, do‘zax fitnasidan, qabr
azobidan, qabr fitnasidan, boylik fitnasining yomonligidan, faqirlik fitnasining
yomonligidan va Masih Dajjol fitnasining yomonligidan panoh tilayman. Jurmu isyondan
panoh berishingni so‘rayman»(Muttafaqun alayh). Dajjol fitnasining mo‘minlarga yetadigan fitnalar orasida eng katta ekanini
tasdiqlovchi sahih rivoyatlar kelgan.
31. Imron ibn Husayndan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)
dedilar: «Odamning yaratilishidan to Qiyomat qoyimga qadar Dajjol (fitnasi)dan
kattaroq (fitna) yo‘q»(Muslim rivoyati). 32. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Dajjolning (chiqqanini) eshitgan
kishi undan uzoqlashsin, Allohga qasamki, o‘zini (iymoni baquvvat) mo‘min
hisoblaguvchi kishi oldiga (Dajjol) kelganida, haligi kishi unga ergashib ketadi» (Abu Dovud sahih sanad bilan rivoyat qilgan). Ya’ni, iymonini baquvvat, Dajjol fitnasi qarshisida o‘zini sobit tura oladigan deb
biluvchi kishilar ham uni ko‘rganda fitnalanib qoladilar. Allohning o‘zi saqlasin!
33. Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilinadi: «Ummi Shariyk menga Rasulullohning
(sollallohu alayhi vasallam) shunday deganlarini xabar berdi: «U zot: «Odamlar