Microsoft Word qiyomat alomatlari ziyouz com doc



Yüklə 430,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/76
tarix13.05.2023
ölçüsü430,02 Kb.
#112966
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   76
qiyomat alomatlari ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
7
Payg‘ambarimiz javob berdilar:  
– U ommaning ishi haqida (o‘zicha) gapiruvchi bema’ni – bachkana kimsa». 
Biz bugun uni ko‘pchilik notiq va jurnalistlar timsolida ko‘ryapmiz. 
15. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) 
dedilar: «Qiyomat qoyim bo‘lmaydi, toki ikki ulkan jamoa urushmagunicha. Ular 
o‘rtasida katta jang bo‘lib o‘tadi. Har ikkisi bir narsani da’vo qiladi. Toki o‘zini 
payg‘ambar hisoblaguvchi o‘ttizta dajjol chiqmagunicha, toki ilm olib qo‘yilmagunicha, 
zilzilalar ko‘payib, zamon yaqinlashib, fitnalar zohir bo‘lib, harj (qatl) ko‘payib 
ketmagunicha Qiyomat qoyim bo‘lmaydi. Toki orangizda mol dunyo to‘lib-toshib, hatto 
mol egasiga zakotni oladigan kishi(ni topish) qayg‘u bo‘lmagunicha Qiyomat qoyim 
bo‘lmaydi. Mol egasi birovga zakotini bersa, u: «Buning menga keragi yo‘q», deb 
aytmagunicha, shuningdek, toki odamlar uy qurishda musobaqaga kirishib, toki qabr 
yonidan o‘tayotgan kishi: «Qani edi uning o‘rnida bo‘lsam», deb aytmagunicha Qiyomat 
qoyim bo‘lmaydi. Quyosh g‘arbdan bosh ko‘tarmagunicha Qiyomat qoyim bo‘lmaydi. 
Quyosh g‘arbdan bosh ko‘targach, uni ko‘rib hamma-hamma iymon keltiradi. Bu ilgari 
iymon keltirmagan yoki iymonida xayr-yaxshilik kasb qilmagan kishiga iymoni foyda 
bermaydigan paytdir» (Muttafaqun alayh. Hadis lafzi Buxoriyniki). 
 
Muslim ularni alohida-alohida rivoyat etgan. Hadisda sanab o‘tilgan kichik alomatlar 
voqeda ko‘rindi. Ammo katta alomatlar, ya’ni, quyoshning g‘arbdan chiqishi, zamonning 
qisqarishi va boshqalar Iso alayhissalom tushib, xinzirni (cho‘chqa) o‘ldirganlaridan so‘ng 
namoyon bo‘ladi. 
Keyin Ya’juj va Ma’juj chiqadi. Alloh taolo Iso alayhissalom duolari barakoti bilan 
ularni o‘ldiradi. 
Biz, hadisda aytib o‘tilgan kichik alomatlar voqeda ko‘rindi, dedik. Vallohu a’lam! 
Eng avvalo, payg‘ambarlik da’vosini qiluvchi yolg‘onchilar chiqdi. Bu yolg‘onchilarning 
peshqadami va o‘ta xatarlisi Musaylama kazzob edi. Uni Abu Bakr xalifaligi davrida, 
Yamoma jangida Alloh qilichi Xolid ibn Valid qo‘shini o‘ldirdi. 
Endi bir-birlari bilan urishgan ikki ulkan jamoa haqida to‘xtalsak. Usmon ibn Affon 
o‘ldirilganidan keyin fitnalar, sahobalar o‘rtasida kelishmovchiliklar yuz berdi. Ular 
turlicha ijtihod qildilar. Natijada avval Jamal, so‘ngra Siffin janglari bo‘lib o‘tdi. So‘ng 
xulafoi roshidinlarning eng oxirgi vakili Ali ibn Abu Tolib shahid etildi. Uni ikki dunyo 
badbaxti Ibn Muljim o‘ldirdi. Hamma narsa aynan Payg‘ambar (sollallohu alayhi 
vasallam) xabar berganlaridek bo‘ldi: «(Ey Ali,) Seni dunyoyu oxiratda badbaxt bo‘lgan 
kimsa o‘ldiradi», degan edilar u zot. 
Nihoyat, o‘zaro janglar barham topdi. Imom Hasan ibn Ali musulmonlarni birlashtirish 
uchun Muoviya ibn Abu Sufyon bilan kelishdi. Uni xalifa deb tan oldi. Hasanning (r.a.) 
fazli bilan ummat yana birlashdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bu haqda ham 
xabar bergan edilar: «Mening shu o‘g‘lim sayyiddir. Uni sabab qilib, Alloh taolo 
musulmonlarning ikki ulkan jamoasini birlashtiradi deb umid etaman». 
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytganlaridek bo‘ldi. Butun olamlar 
Parvardigoriga behad hamdu sanolar aytamiz! 


Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar 

Yüklə 430,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin