Microsoft Word qiyomat alomatlari ziyouz com doc



Yüklə 430,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/76
tarix13.05.2023
ölçüsü430,02 Kb.
#112966
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
qiyomat alomatlari ziyouz com

 
Ikkinchi fasl 
Qiyomatning yaqin qolgani haqida xabar beruvchi zikrlar 
Bu faslda Qiyomatning yaqinligi va uning kichik shartlari bayon qilingan sahih hadislar 
keltiriladi. Tushunish qiyin bo‘lgan ayrim so‘zlar ustidagina bir oz to‘xtab o‘tiladi. Alloh 
madadkordir! 
1. Buxoriy va Muslim Sahl ibn Sa’d as-Sayyodiydan (r.a.) rivoyat qilishadi: Rasululloh 
(sollallohu alayhi vasallam) ikki barmoqlariga ishora qilib, ularni cho‘zib turib aytdilar: 
«Men (payg‘ambar qilib) yuborilganimda Qiyomat mana shu ikkisidek edi». 


Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
5
2. Imom Ahmad Buraydadan rivoyat qiladi: «Men yuborildim. Qiyomat mendan o‘zay-
o‘zay deb qoldi». 
3. Mustavrid ibn Shaddoddan rivoyat qilinadi: «Men Qiyomat nafasida yuborildim. 
Undan xuddi mana bunisi unisidan o‘zganidek o‘zdim». Rasululloh (sollallohu alayhi 
vasallam) ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlariga ishora qildilar. 
«Qiyomat nafasida» – ya’ni, nafas olishida. Bu ham yaqinlikni bildiruvchi belgi, ya’ni, 
inson boshqa bir kishining nafasini eshitish uchun juda yaqin turishi kerak. 
4. Buxoriy va Muslim Ibn Umardan rivoyat qilishadi: Rasululloh (sollallohu alayhi 
vasallam) dedilar: «Sizlarning muhlat-ajallaringiz ilgarigilar ajali oldida asr namozidan 
quyosh botgunichalik (muddat), xolos». 
 
5. Ibn Umardan rivoyat qilinadi: «Biz Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) oldlarida 
edik. Asrdan keyin edi. Quyosh Qu’ayqion tog‘i (Makkadagi tog‘) ustida edi. Nabiy 
alayhissalom dedilar: «O‘tgan kishilar umri oldida sizlarning umrlaringiz xuddi mana shu 
kunning o‘tgan qismi oldidagi qolgan qismi kabidir» (Ahmad rivoyati. Sanadi sahih). 
Hadisda asrdan keyingi quyosh botishiga yaqin qolganidek, Qiyomat qoyimga ham 
yaqin qolgani aytilmoqda. 
6. Huzayfa ibn Yamondan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi 
vasallam) dedilar: «Jonim qo‘lida bo‘lgan, Zotga qasamki, imomlaringizni o‘ldirib, (bir-
biringizga) qilich solmagunlaringizgacha va dunyolaringizni yomonlaringiz meros qilib 
olmagunicha, Qiyomat qoyim bo‘lmaydi». 
Bu fitna bo‘lib o‘tgan. Usmon ibn Affon o‘ldirildi. So‘ng fitna avj oldi. Allohning o‘zi 
asrasin! 
7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) 
dedilar: «Musulmonlarning ikki guruhi bir-birlari bilan urushmagunicha Qiyomat 
bo‘lmaydi. Ular o‘rtasida ulkan jang bo‘lib o‘tadi. Har ikkisining da’vosi bitta bo‘ladi» 
(Muttafaqun alayh). 
Bu ish Siffin jangida ko‘rindi. 
8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) 
dedilar: 
– Harj ko‘paymagunicha Qiyomat qoyim bo‘lmaydi. 
– Yo Rasululloh. Harj nima o‘zi? – deb so‘rashdi sahobalar. 
Qatl, qatl, – deb javob berdilar Nabiy alayhissalom» (Muslim rivoyati). 
9. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) 
dedilar: «Qiyomat oldidan qop-qorong‘u tun bo‘laklaridek fitnalar bo‘ladi. Kishi mo‘min 
holda tong ottirib, kofir holda kech kirgizadi. Mo‘minligida kech kirgizgan kishi kofir bo‘lib 
tong ottiradi. Qavmlar o‘z dinlarini dunyoning bir arazi – o‘tkinchi narsasi uchun 
sotadilar» (Termiziy rivoyati. Hasan sahih). 


Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar 

Yüklə 430,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin