0 modul: Quymakorlik asoslari. Reja: Model komplekti



Yüklə 1,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/10
tarix14.05.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#113304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Reja 1 Model komplekti Quyish sistemasi. Qo‘lda qolip tayyorlas

 
 
Qum haydash mashinasining sxemasi: 
1– havo rezervuari; 2– klapan; 3 – 
material rezervuari; 4– sterjenь yashik; 
5– konussimon soplo; 6 – qopkoq plita; 
7– havo chiqarish teshiklari 


METALLARNI QOLIPGA KIRITUVCHI TIZIM TURLARI, ULARNING 
SHAKLI VA O’LCHAMLARINI AHIQLASH 
Metallarni qolipga kiritish tizimi 
Suyuq metallni shlak va gazlardan deyarli tozalab, uni qolipga ravon 
kirituvchi kanalchalar majmuiga quyish tizimi deyiladi. Rasmda ko’p uchraydigan 
quyish tizimi turlari keltirilgan. 
Ma’lumki, odatda kovshdan qolipga kiritilgan metall kosacha 1 dan stoyak 
deb ataluvchi vertikal konusli voronka 2 bo’ylab shlak tutgich deb ataluvchi 
gorizontal kanal 3 orqali ta’minlash kanalchalari 4 ga va ular orqali qolipga o’tadi. 
SHuni qayd etish kerakki, suyuq metall quyish tizimi va qolipning devorlarini 
yuvmasdan, shikastlamasdan tekis to’ldirishi lozim. Aytaylik, kulrang cho’yandan 
murakkab shaklli, buyli, masalan, stanok staninasi kabi quymalar olishda qolipga 
suyuq metallni bir necha joydan kiritiladigan yarusli (kavatli) quyish tizimidan 
foydalanish ma’qul (154–rasm, v). 
Olinuvchi quyma sifati quyish tizimining qanchalik ma’qul tanlanganligiga va 
ular kanallarining shakli va ko’ndalang kesim yuzi o’lchamlarining tufi 
belgilanganligiga bog’liq. 
 
Ko’p uchraydigan quyish tizimi turlari 
 Metallarni qolipga kiritish tizimi shakli va o’lchamlarini aniqlash 
Odatda, olinuvchi quyma uchun quyish tizimining kanalchalar shakli 
trapetsiya yoki tsilindrik bo’lib, ularning kesim yuzalarini aniqlashda avvalo 
ta’minlagich kanalchalarining kesim yuzi aniqlanadi.


SHuni kam qayd etish kerakki, ayniqsa, yirik quymalar olishda qolipdagi havo 
hamda ajraluvchi gazlarni tashqariga chiqarish va Qolipni metall bilan tulganligini 
ko’zatishda vipor deb ataluvchi konusli voronka soni va o’lchamlarining (sifatli 
quymalar olishda) ahamiyati katta. Odatda, oddiy shaklli mayda va o’rtacha 
kattalikdagi quymalar olishda u, bitta, murakkab shaklli yirik quymalar olishda bir 
necha bo’ladi va ularni k olipning eng yuqori qismiga o’rnatiladi. Uning diametri 
devori quyma devorlar qalinligining 0,5–0,7 qismiga teng bo’ladi, ko’pincha 
sifatli, aniq o’lchamli yirik po’lat quymalar olishda qolip ustiga qo’shimcha 
(ustama qolip deb ataluvchi) qolip o’rnatiladi va u orqali asosiy qolipga 
kiritilayotgan metallning hajmiy kirishuvida ustama qolipdagi suyuq metall asosiy 
qolipni butunlay to’ldirib turadi. Natijada asosiy qolipda xrsil bo’ladigan kirishuv 
bushliga ustama qolipga o’tadi. Ustama qolip asosiy qolip ustida bo’lgani uchun 
unga gazlar va metallmas qo’shimchalar kam o’tadi. Uning shakli va o’lchami 
shunday belgilanishi kerakki, undagi 
 
Quyma olish sxemasi: 
1 – quyma; 2– quyish kosachasi; 3 – stoyak; 4 – shlak tutgich; 5– ta’minlagichlar 
metall asosiy qolipdagi metalldan keyin kotsin. Metall asosiy va ustama qolipda 
kotgach, ortma metall ajratilib, qayta eritishga yuboriladi. Keyingi vaqtlarda 
yuqorida qurilgan odatdagi ustama qoliplardan tashqari ustama qolipga metall 
qo’yilguncha aralashma moddalar, masalan, burli birikmalar ma’lum miqdorda 
kiritilmoqda. CHunki ulardan suyuq metall ta’sirida gazlar ajralib, ular metallga 
bosim berishi natijasida suyuq metallning ortiqmasi ustama qolipga o’tadi.

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin