STERJENLAR VA ULARNING VAZIFASI, TAVSIFI, SINFLARI VA
ULARNI TAYYoRLASH
Sterjenlar va ularning materiali
Yuqorida qayd etilganidek, sterjenlar quymalardan turli shaklli va o’lchamli
ochiq va berk teshiklar, chuqurchalar olishga xizmat etadi. Qolip materiallarga
nisbatan og’ir sharoitda ishlatilishi sababli ular yuqori sifatli sterjenь
materiallardan tayyorlanadi. Qoliplarni yig’ish paytida sterjenlar qolipdagi tegishli
tayanch yuzalarga o’rnatiladi.
Sterjenlar tayyorlashda kvarts qum donlarini o’zaro puxta bog’lovchilar
sifatida sulьfit, spirt, barda, sintetik smola, suyuq shisha va boshqa
bog’lovchilardan, gaz o’tkazuvchanligi bilan qayishoqligining orttirilishi uchun
yog’och qipig’i, torf maydalari va boshqalar qo’shiladi.
Sterjenlar tavsifi, sinflari va tarkibi
Sterjenlarning hajmlari 5 dm
3
gacha bo’lsa mayda, 5 dm
3
dan 50 dm
3
gacha
bo’lsa – o’rtacha va 50 dm
3
dan ortiq bo’lsa yirik sterjenlar deyiladi. Ular shakli va
o’lchamlariga qarab murakkab shaklli, yupqa qirqimli, kichik ortiqli sterjenlar I
sinfga; murakkab shaklli, yirik kesimli bo’lgan yupqa qirqimli qobirg’ali sterjenlar
II sinfga; murakkabligi o’rtacha bo’lgan sterjenlar III sinfga; oddiy shaklli
sterjenlar IV sinfga; shakli oddiy bo’lgan yirik sterjenlar esa V sinfga kiritiladi.
50−−jadvalda sterjenь sinflariga ko’ra ularning tarkibi va xossalari keltirilgan.
Sterjenlarni tayyorlash
Sterjenlar tayyorlashda ularning material tarkibini to’g’ri belgilashdan
tashqari ayrim texnologik vositalardan ham foydalaniladi. Jumladan, oddiy shaklli
mayda (ingichka, yupqa) sterjenlarni tayyorlashda ularning puxtaligini oshirish
maqsadida ba’zan oralariga metall sim qo’yilsa, murakkab shaklli yirik sterjenlar
tayyorlashda esa metall rama va karkaslardan foydalaniladi.
SHuni ham qayd etish lozimki, ingichka, puxtaligi pastroq sterjenlar qolipga
metall kiritishda sinmasligi uchun tagiga turli xil metall tiraklar o’rnatiladi (–rasm).
Sterjenlarning gaz o’tkazuvchanligini oshirish maqsadida orasiga poxol,
kanop piliklari ham qo’yiladi. Ular sterjenni quritishda quyib ketib, g’ovaklar hosil
qiladi. rasmda troynik sterjenni yog’och sterjenь yashigida qo’lda tayyorlashni qay
ketma−ketlikda olib borish ishlari ko’rsatilgan.
Tiraklarning xili va o’rnatilishi
SHuni qayd etish kerakki, sterjenь tayyorlashni boshlashdan avval sterjenь
yashik yarim pallalarining ish yuzalari qoldik materiallar va changlardan tozalanib,
sterjenь materialining devorga yopishmasligi uchun yuzalariga kerosin purkaladi
yoki grafit kukuni sepiladi (–rasm, a). So’ngfa qolip yarim pallalarini sterjenь
materiali bilan to’ldirib, yaxshilab shibbalanadi (–rasm, b). Keyin sterjenь
materialiga karkas quyiilib, ajralish yuzalaridan bir oz pastga botiriladida, gaz
chiqarish kanalchalari ochiladi (rasm, g). So’ngra sterjenь yashigi pallalari
yig’iladi (–rasm, d). SHundan keyin sterjenь yashigining devorlariga yog’och
bolg’acha bilan oxista urib, ustki padla pastki palladan ajratiladi (–rasm, ye ). Keyin
uni pastki pallasi ustiga sterjenning shakliga mos quritish urindig’i qo’yilib, uni
pastki pallasi bilan birgalikda 180°S aylantirib, sterjenь urindigiga o’tkaziladi (–
rasm, j). So’ngra uni tabiiy gazda yoki boshqa yoqilg’ida ishlaydigan pechda shakli
va o’lchamiga ko’ra 130−240°S temperaturada ma’lum vaqt qizdirilib puxtalanadi.
Ma’lumki, quritish paytida sterjenlarning shakli va o’lchamlari ba’zan
o’zgarishi mumkin. Bunday xillarda ular ta’mirlanadi, keyin maxsus taglikka
terilib, quruq xonada saqlanadi. Yirik tsexlarda sterjenlar qurituvchi pechlar turli
konsfuktsiyali (vertikal va gorizontal) bo’lib, o’zluksiz ishlaydi.
SHuni ham qayd etish joizki, murakkab va katta o’lchamli sterjenь yashiklari
xuddi modellar singari ayrim−ayrim bo’laklardan tayyorlanib, keyin ularni o’zaro
dekstrin yoki sulьfat yelimi bilan yelimlab yig’iladi. Yirik quymakorlik tsexlarida
sterjenlarni tayyorlashda uning sifatini yaxshilash, og’ir
jismoniy ishlarni
osonlashtirish, ish unumini oshirish uchun turli konstruktsiyali (mundshtuktli,
presslash, silkitish, qum purkash va qum otish) mashinalaridan keng foydalaniladi.
–rasmda qum purkash mashinasining to’zilishi va ishlash sxemasi keltirilgan.
Rasmdan ko’rinadiki, mashina stoli 1 yuqoriga ko’tarilganda uning ustidagi ster-
jenь yashigi 2, qum purkash rezervuari 4, taglik plitasi 3 orasiga 150–rasm .
Sterjenni qo’lda qisiladi. Qum purkash rezervua tayyorlash riga taqsimlovchi
klapan 5 orqali 5−6 atmosferagacha siqilgan havo haydalganida undagi sterjenь
materiali tagligidagi maxsus teshiklari orqali sterjenь yashigiga bir tekisda
zichlanadi. Sterjenь yashik tagidagi setka bilan berkitilgan juda mayda
teshikchalaridan havo tashqariga juda katta tezlikda chiqib, undagi materialni
yanada zichlaydi. Rezervuarni sterjenь materiali bilan to’ldirish zarur bo’lganda
uni pnevmatik so’rg’ich 10 yordamida rolьganglar 9 da surib, bunker 7 tagiga
keltirilgach, bekitgichi 6 ochiladi va rezervuar material bilan to’lgach, bekitgich
bekitilib, u yana avvalgi joyiga qaytariladi. Bunday mashinkalarda soatiga 200–
300 tagacha murakkab shaklli, mayda va o’rtacha kattalikdagi sterjenlar
tayyorlanadi.
Yirik sterjenlarni tayyorlashda esa yanada serunum qum haydash
mashinalaridan foydalaniladi.–rasmda bu mashinaning to’zilishi va unda sterjenь
tayyorlash sxemasi ko’rsatilgan. Rasmdan ko’rinadiki, u siqilgan havo rezervuari
1, havo klapani 2, sterjenь material rezervuari 3, konussimon soplo 5, havo
chiqarish teshiklari 7 bo’lgan qopqoq plita 6 dan iborat.
Mashinani ishga tushirishdan avval stoliga sterjenь yashigi 4 o’rnatiladi.
Keyin stolini yuqoriga ko’tarib, sterjenь yashigi qopqoq plita 6 tagiga ko’tarish
bilan qisiladi. Keyin bunker to’sgich ochilib, undan rezer vuar 3 ga ma’lum
miqdorda sterjenь material tukilgach, tuskich bekitiladi. Keyin rezervuar 1 klapani
2 ochilib, u orqali siqilgan havo rezervuari 3 ga o’tib, u orqali sterjenь yashigiga
sterjenь materiali haydab to’ldiradi.
Qum purkash mashinasining sxemasi:
1–stol; 2–sterjenь yashigi; 3 – taglik plita; 4 – rezervuar; 5–klapan; 6–bekitgich; 7–
bunker; 8–tebratkich; 9– rolьgant; 10– surg’ich
Havo qopqoq taglikdagi kichik teshikchalar orqali tashqariga o’tadi. Keyin
havo haydash to’xtatilib, stolni pastga tushirib, sterjenь yashigi olinib, undan
sterjenь ajratiladi. Sterjenь tayyorlash shu tariqa takrorlanaveradi.
Odatda, quritilgan sterjenlarning cho’zilishga puxtaligi cho’yan quymalar
uchun 4–6 kg/sm
2
, gaz o’tkazuvchanligi 70−130 sm
3
/kg min bo’lishi bilan, o’tga
chidamli, qayishoq va quymadan oson ajraladigan bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |