Puxtaligi. Puxtaligi deb, qoliplarni tayyorlashda, ularni bir joydan boshqa
yerga o’tkazishda, unga metall kiritishda o’z shakli va o’lchamini saqlash
xossasiga aytiladi. Nam qoliplar uchun ularning siqilishga puxtaligi
a
s
= 30−70
kPa bo’lsa, quritilgan qoliplar uchun cho’zilishga puxtaligi
в
= 80−200 kPa
oralig’ida bo’ladi.
Plastikligi. Plastikligi deb, qolip materialiga modelni tashqi kuch ta’sirida
bosilishda uning tashqi konturiga oson o’tib, undan modelь olingandan keyin esa
olgan shaklini saqlash xossasiga aytiladi.
Qayishqoqlik. Kayishqoqligi deb, qolip materyalini qolip bo’shlig’iga
kirayotgan metall ta’sirida ma’lum darajada siqilib, metallning sovib kirishishida
esa dastlabki joyiga qaytish xossasiga aytiladi.
Agar metallarda qayishqoqlik xossasi kichik bo’lsa, quymada zo’riqish
kuchlanishlar hosil bo’lib, tob tashlashiga va ba’zan darz ketishiga sabab bo’ladi.
Oquvchanligi. Oquvchanligi deb, qolip tayyorlashda materialni modelь tashqi
konturiga mos bo’shliqqa bir tekisda osonroq o’tish xossasiga aytiladi.
Dostları ilə paylaş: