Texnologik moslamalar va asboblar
Quymalar qoliplarini tayyorlashda foydalaniladigan texnologik moslamalarga
modelь, modelь tagligi, sterjenь yashigi, suyuq metallni qolipga kiritish tizimi
modellari, opoka va boshqalar kiradi.
Quyida asosiy texnologik moslamalar haqida ma’lumotlar keltiriladi.
Modelь. Modelь deb qolip materialida olinuvchi quymaning
tashqi konturini
hosil qiluvchi moslamaga aytiladi. Modelning tashqi shakli olinuvchi quyma
shakliga o’xshash bo’lgani bilan o’lchamlari qolipga kiritilgan suyuq metallning
sovib qotishida kirishuv qiymatiga va mexanik ishlovlarga beriladigan yuzalar
qo’yimiga nisbatan kattaroq bo’ladi. Modellar va shuningdek
boshqa texnologik
moslamalar yengil, oson kesib ishlanadigan, chidamli, arzon materiallardan
tayyorlanib, ular qolip materialiga yopishmay, undan osonroq ajraladigan bo’lishi
kerak.
Quymalarni ko’plab ishlab chiqarmaydigan
kichik tsexlarda texnologik
moslamalar sifatli yog’ochlar (qarag’ay, archa, zang va boshqalar)dan
tayyorlanadi. Buning uchun g’o’la, taxta, brus tarzidagi yog’yuchlar pechda
60−70°S temperaturada (namligi 8–10% gacha kelguncha) bir necha soat
quritiladida, keyin texnologik moslamalarni tayyorlash uchastkasiga o’zatiladi.
Ular chizmalar asosida tayyorlanadi.
Odatda, oddiy shaklli, kichik va o’rtacha o’lchamli quymalar modellari yaxlit,
murakkab shaklli quymalar modellari ajraluvchi va shuningdek ayrim–ayrim
bulaklardan yig’ilgan bo’ladi (138–rasm).
Ko’pincha ajraluvchi modellar ikki (ustki va pastki) palladan iborat bo’lib,
pastki pallaning ajralish yuzida ikkita konusli kichik teshigi bo’lsa, ustki pallaning
ajralish yuzasida esa ikkita konusli kichik ortig’i bo’ladi. Qolip pallalari shu
konusli teshiklarga konusli ortiqdan kiritilgan xolda yig’iladi.
Ma’lumki, yog’och arzon material va u yaxshi
kesib ishlangani bilan nam
tortib tob tashlashi, tez chirishi va deyarli puxtamasligi tufayli undan keng
foydalanib bo’lmaydi. SHu boisdan ko’plab bir xildagi metall quymalarni ishlab
chiqaruvchi yirik tsexlarda modellar va shuningdek boshqa texnologik moslamalar
alyuminiy qotishmalar va plastmassalardan tayyorlanadi. Bu materiallar yog’ochga
qaraganda ancha qimmat bo’lsada, o’zoq vaqt turli muhitlarda
ishlashi davomida
shakli va o’lchamlarini saqlashi, qolip materialida aniq modelь konturi olinishi
kabi afzalliklarga ega. SHuni qayd etish joizki,
modellar kaysi materialdan
tayyorlanmasin, qolipdan osonroq chiqarish uchun uning vertikal tekisliklariga
kichik qiyalik beriladi, yuzalari nafis ishlanadi, qiyalik qiymati modelь materialiga,
shakliga, o’lchamiga, qolip materialiga va qolipni tayyorlash usuliga bog’liq.
Odatda, o’rtacha shaklli va o’lchamli yog’och modellarida bu qiyalik 12°,
metallarda 0,5–1
o
oralig’ida bo’ladi.
–rasm. Modellar xili:
a –yaxlit modelь; b– ikki bo’lak modelь; v –ajraluvchi modelь.
Modellarning bir yuzadan ikkinchi yuzaga o’tish joylari o’tmas burchaklar
bo’ylab tekis o’tishidan tashqari, zarur xollarda qolipda sterjenni o’rnatish uchun
tayanch yuza hosil etish uchun modelda konusli ortiq, qilinib,
u qora rangga
bo’yab qo’yiladi. SHuningdek, modellarni olinuvchi quyma materialiga ko’ra
ajratish maqsadida turli rangga bo’yab, harflar va raqamlar bilan markalanadi.
Masalan, cho’yan quyma modellarini qizil rangga, po’lat quymalar modellarini
yashil rangga va rangli metall quymalar modellarini sariq rangga bo’yaladi.
Dostları ilə paylaş: