13 Korxona joylashgan manzilgohi bo’yicha davlat organlarida ro’yxatga
olingan kundan boshlab tashkil qilingan hisoblanadi
14 Davlat ro’yxatidan o’tish uchun korxonani tashkil qilish to’g`risidagi qaror,
korxona Nizomi (ta’sis shartnomasi) va Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilab beriluvchi ro’yxatdagi boshqa hujjatlar taqdim etilmaydi.
15 Korxonani davlat tomonidan ro’yxatga olish zarur hujjatlar ilova qilingan
ariza berilgan kundan boshlab 20 kun mobaynida amalga oshirilishi lozim
16 Korxonalar tashkil qilinishini tartibga soluvchi asosiy hujjatlar bu korxona
Nizomi va ta’sis shartnomasi bo’lib, ba’zi hollarda korxonalar ko’rsatilgan
hujjatlarning bittasi asosida ham faoliyat yuritishi mumkin 17 Ta’sis shartnomasi asosida ko’pincha kichik korxonalar, xo’jalik o’rtoqliklari
va shu kabi subyektlar faoliyat yuritadi
Mavzu: KORXONANI BOSHQARISH Boshqaruv jamiyat munosabatlarining muhim ko‘rsatkichi sifatida jamiyat
hayotining barcha jabhalariga tegishlidir. U insonning jamiyatdagi mohiyati,
mehnati taqsimoti, kooperatsiya va muomala zarurati, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy
munosabatlardan kelib chiqadi.
Bundan kelib chiqqan holda boshqaruv - ijtimoiy mehnat jarayoniga ishlab
chiqarish rivojlanishining obyektiv qonunlari asosida yo‘naltirilgan tarzda ta'sir
o‘tkazish tizimi, har bir ishchining va butun jamoaning mehnatini bir vaqtning
o‘zida nazorat qilish, motivatsiya va tartibga solish usulidir. Moddiy boyliklar va
ne'matlar hamda ularga tenglashtirilgan qadriyatlarni taqsimlash, iste'mol qilish va
ayirboshlash ham boshqaruvni talab qiladi.
Korxonani boshqarishning maqsadlarini quyidagi turlarga bo‘lib
tasniflashimiz mumkin:
amalga oshirish muddatiga ko‘ra - joriy va istiqbolli;
ahamiyat darajasiga ko‘ra - asosiy (strategik) va ikkinchi darajali (taktik);
boshqaruv obyektiga munosabatiga ko‘ra - xususiy va umumiy;
natijaga erishish darajasiga ko‘ra - yakuniy va oraliq yoki bosqichli.