Buxoro davlat universiteti tairova m. M. Giyazova n. B. Hamidov m. E. Korxona iqtisodiyoti



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/93
tarix14.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#113518
növüМетодическое пособие
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   93
korxona iqtisodiyoti

Amortizatsiya ajratmalari miqdoriga teng bo‘lgan asosiy ishlab chiqarish 
fondlarining eskirishi xarajatlarning yirik elementlaridan biri hisoblanadi. Bular 
qatoriga asosiy fondlarning tezlashgan amortizatsiyasi va uning indeksatsiyasini 
kiritish mumkin. 
Mehnatga haq to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar korxonaning 
asosiy ishlab chiqarish personali mehnatiga haq to‘lashga sarflanadigan xarajatlar 
bo‘lib, ishlab chiqarishdagi yuqori natijalar uchun mukofotlar, rag‘batlantiruvchi 
va kompensatsiya to‘lovlari, jumladan, qonunchilikda belgilangan normativlar 
chegarasida narxlarning o‘sishi va indeksatsiya uchun to‘lovlar, shuningdek
korxona xodimlari shtatida bo‘lmagan, lekin asosiy ishlab chiqarishda band 
bo‘lgan ishchilar uchun to‘lanuvchi haqni o‘z ichiga oladi. 
Ishlab chiqarish xarajatlariga, asosiy ishlab chiqarish fondlarini ishga 
tayyor holatda saqlab turish - kapital, o‘rta va joriy ta'mirlash, mashina va asbob-
uskunalarga qarash va ekspluatatsiya qilish uchun sarflanuvchi barcha xarajatlar 
kiradi. 
Foyda muhim iqtisodiy kategoriya (toifa) bo‘lib, har bir tijorat tashkilotining 
asosiy maqsadi hisoblanadi. Iqtisodiy kategorriya sifatida foyda

moddiy ishlab 
chiqarish sohasida yaratilgan sof daromadni aks ettiradi. 
Korxonada foyda turli xil faoliyat natijasida olinishi mumkin.Barcha 
foydalar yig‘indisi korxonaning yalpi foydasini tashkil qiladi.Yalpi foydaning 
tarkibiy elementlari quyidagilardan iborat: 

bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat va mahsulot sotishdan olingan foyda; 

asosiy fondlar, shuningdek, korxonaning boshqa mulki sotishdan olingan 
foyda; 

korxonaning moliyaviy faoliyati orqali olinuvchi foyda. 
Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitlarida rentabellikning ahamiyati va o‘rni 
o‘sib bormoqda. U korxona faoliyati va kapital qo‘yilmalar iqtisodiy 
samaradorligining asosiy mezoni, korxona va xo‘jalik yurituvchi tashkilotlarni 
baholashning sintetik ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi.
Ishlab chiqarish rivojlanishining samaradorligi va intensivligini baholashda 
amaliyotda rentabellik ko‘rsatkichlari tizimi keng qo‘llanib, unga ko‘ra foydaning 
miqdori belgilangan hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, rentabellik 
daromadlilik, foydalilikni anglatadi. 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin