Journal of Social Research in Uzbekistan ISSN: 2181-2721 https://topjournals.uz/index.php/jsru
23 Laboratoriya va amaliy ish yordamida nazorat metodlari oʻquv va amaliy koʻnikmalarni
aniqlash, oʻquvchilarning oʻquv jihozlari va asboblar bilan ishlash koʻnikmalarini aniqlash, bajarilgan
topshiriqlarning sifatini aniqlash va baholash, ish mazmuniga bogʻliq holda ob’ektlar va asboblarni
toʻgʻri tanlash, ishni yakunlash va natijasini rasmiylashtirish, olingan natijalarning toʻgʻriligini
aniqlash.
Oʻz-oʻzini nazorat qilish metodlari oʻquv materiali yuzasidan qisqa reja, savollar tuzish,
asosiy gʻoyani ajratish, savollarga javoblar topish, masalalar yechish va ularni namunaga muvofiq
tekshirib koʻrish, taqqoslash, olingan natijalarning toʻgʻriligini tekshirish.
Oʻzaro nazorat varagʻi yordamida nazorat metodlari oʻrganilgan bob, mavzu boʻyicha
nazorat savollarini tuzish, savollarning metodik jihatdan toʻgʻriligi, mantiqiy ketma-ketligi,
oʻquvchilar bilimini nazorat qilishning haqqoniyligi, keng koʻlamliligi.
Testlar yordamida nazorat metodlari oʻrganilgan bob, mavzu boʻyicha nazorat testlarini tuzish,
test savollari va javoblarning metodik jihatdan toʻgʻriligi, mantiqiy ketma-ketligi, oʻquvchilar
bilimini nazorat qilishning haqqoniyligi, keng koʻlamliligi.
XULOSA Barcha metodlar kabi oʻqitishdagi nazorat va oʻz-oʻzini nazorat metodlarining ham ta’limiy,
tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifasi mavjud. Nazoratning ta’limiy vazifasini oʻqituvchi barcha
oʻquvchilarni oʻz oʻrtogʻining javobini tinglashga, javobdagi xato va kamchiliklarni toʻgʻrilashga,
tuzatishlar va qoʻshimchalar kiritishni taklif etish orqali ta’minlaydi. Shu tufayli ushbu jara
oʻquvchilarning oʻzlashtirgan bilimlari tizimga solinadi, takrorlanadi va mustahkamlanadi.
Nazoratning tarbiyaviy vazifasi uning oʻquvchilarni ragʻbatlantirishni ta’minlash, tahsil olishdagi
ma’suliyat va burchni tarkib toptirish, hissiyotni shakllanishida namoyon boʻladi. Nazoratning
rivojlantiruvchi funksiyasi oʻquvchilarda barqaror diqqat, xotirani mustahkamlash, oʻz-oʻzini nazorat
qilish va baholash koʻnikmalarini egallashlarida koʻzga tashlanadi. О‘quvchilarda, ijodiy fikr yuritish
kо‘nikmalarni rivojlantirishda о‘qituvchi yuqorida qayd etilgan metodlardan foydalanib, shuningdek,
mustaqil fikr yuritish kо‘nikmalarini rivojlantirmay turib ijodiy fikr yuritish kо‘nikmalarini
shakllantirish va rivojlantirish mumkin emas. Ijodiy fikr yuritish kо‘nikmalari ijodiy faoliyat
tajribalarining asosini tashkil etadi. Ijodiy faoliyat tajribalarini egallashda о‘quvchilar aqliy faoliyat
usullari bо‘lgan о‘rganilayotgan obektni tahlil qilish, taqqoslash, tarkibiy qismlarga ajratish,
sintezlash, sabab-oqibat bog‘lanishlarini tasavvur qilish, umumlashtirish va xulosa yasashni
egallagan bо‘lishlari lozim. Shundagina о‘quvchilar ijodiy faoliyatning asosini tashkil etadigan
xususiyatlarni biologiya fanlarini o‘zlashtirish davomida olingan nazariy bilimlarni hayotga tadbiq
eta olish kompetensiyalar shakillanib boradilar.