JOURNAL OF SOCIAL RESEARCH IN UZBEKISTAN
journal homepage:
https://topjournals.uz/index.php/jsru
Journal of Social Research in Uzbekistan
ISSN: 2181-2721
https://topjournals.uz/index.php/jsru
18
О С Т А Т Ь Е
Ключевые слова: биологическое
образование,
компетенции,
ключевые
компетенции, предметные компетенции
Аннотация:
В
данной
статье
рассматривается содержание формирования
предметных компетенций у учащихся наряду
с ключевыми компетенциями на основе
учебной программы по биологии.
KIRISH
Respublikamizda ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish va barkamol avlodni tarbiyalash
masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi darajasiga ko‘tarildi. Mamlakatimiz ta'lim tizimida
o‘quv jarayoniga innovatsion texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya vositalarini joriy etish,
o‘qitish intensivligi va samaradorligini oshirish, ularni jahon andozalariga moslashtirish bo‘yicha
keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030-
yilgacha rivojlantirish kosenpsiyasida “Uzliksiz ta`lim tizimi mazmunini sifat jihatdan yangilash,
shuningdek professional kadrlar tayyorlash , qayta tayyorlash va malakasini oshirish,o‘qitish
metodikasini takomillashtirish, ta'lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini
bosqichma-bosqich tatbiq etish, xalq ta'limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish”kabi qator qabul qilinayotgan qonun hujjatlari
zamirida boshqa fanlar qatori maktabda biologiya fanini o‘qitishning jahon standartlariga
moslashtirilgan o‘qitishni joriy etishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar belgilab berilgan. 1990-
yillardan keyin kompetensiyaviy yondoshuv kasbiy ta’limga, umumta’lim fanlariga va boshqa
yo‘nalishlarda qo‘llanila boshlandi. O‘zbekistonda dastlab Birinchi Prezidentimiz farmoniga
muvofiq, chet tillarni o‘qitishni takomillashtirishga qaratilgan 2012-yil 12-dekabr farmoniga muvofiq
ilk bor kompetensiyaviy yondoshuvga asoslangan DTS ishlab chiqilib, 2013-2014 o‘quv yilidan
bosqichma bosqich amaliyotga joriy etish boshlandi.
ASOSIY QISM
Kompetensiya bo‘lishi uchun uning strukturasi qanday bo‘lishi kerak? degan savol tug‘ilishi
tabiiy. Kompetensiyaning struktura komponentalari ro‘yxati shakllantirildi.. Kompetensiyalardan
ta’lim kompetensiyalarni farqlashga urinildi. Masalan, o‘quvchi maktabda fuqorolik
kompetensiyasini o‘zlashtirsa-da, uni to‘la qonli ravishda maktabni tugatganidan so‘ng ishlatadi.
Shunga ko‘ra bunday kopmetensiyalar, o‘qish davrida ta’lim kompetensiyasi sifatida namoyon
bo‘ladi. Tayanch kompetensiyalar – ta’lim mazmunining umumiy qismiga tegishli; 1) umumpredmet
kompetensiyalari – ma’lum doiraga kiruvchi o‘quv predmetlari va ta’lim sohalariga tegishli;
2) predmetga oid kompetensiyalar – oldingi ikkitaga nisbatan xususiy hisoblanib o‘quv
predmeti doirasida shakllantiriladi. Tayanch kompetensiyalar har safar ta’limning ma’lum bir
bosqichi va belgilangan o‘quv predmeti uchun konkretlashtiriladi. Kompetensiyalarni
shakllantirishni dars jarayoniga kiritish uchun ularni faoliyat shaklida berish kerak. O‘quvchilarning
|