The importance of using logical methods in forming the basic competence of students



Yüklə 320,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix16.05.2023
ölçüsü320,84 Kb.
#114278
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Induktiv metodda oʻquvchilarning e’tibori avval xususiy faktlarni oʻrganishga jalb qilinadi, 
soʻngra xususiydan umumiy xulosalar chiqarishga yoʻnaltiriladi. Masalan, baliqlarning xususiy 
tuzilish belgilari (tana shakli, terisi, suzg‘ichlarining bo‘lishi, yon chiziqlari, nafas olishi, ko‘payishi) 
va boshqa xususiyatlarini o‘rganish orqali ularning suv muhitida yashashga moslashganligi 
to‘g‘risida induktiv umumiy tushuncha hosil qilinadi. 
Deduktiv metodda oʻquvchilar avval umumiy qonunlarni oʻrganadi, soʻngra umumiydan 
xususiy xulosa chiqarishga oʻrgatiladi. Deduktiv yo‘l bilan sudralib yuruvchilarning quruqlik 
muhitiga, qushlarning havoda uchishga moslanishi mavzusida ham qo‘llash mumkin. 
Oʻquvchilar tahlil metodi yordamida axborotni anglab idrok etadi, oʻrganilgan ob’ektlarning 
oʻxshashlik va farqli tomonlarni aniqlaydi, oʻrganilgan ob’ektlarni tarkibiy qismlarga ajratib, ular 
oʻrtasidagi boshlanishlar, sabab-oqibatlarni aniqlaydi. 
Bosh gʻoyani ajratish metodi muhim ahamiyat kasb etib, oʻquv materialidagi asosiy gʻoyani 
ajratish va saralash, axborotni mantiqiy tugallangan fikrli qismlarga ajratish, asosiy gʻoya va ikkinchi 


Journal of Social Research in Uzbekistan 
 
ISSN: 2181-2721 
https://topjournals.uz/index.php/jsru
 
21 
darajali fikrlarni ajratish, tayanch soʻzlar va tushunchalarni ajratish, asosiy fikr haqida xulosa 
chiqarishga zamin tayyorlaydi.
Oʻquvchilar qiyoslash metodi vositasida oʻquv topshiriqlarida berilgan qiyosiy ob’ektlarni 
aniqlash, ob’ektlarning asosiy belgilarini aniqlash, taqqoslash, oʻxshashlik va farqlarni aniqlash
qiyoslash natijalarini shartli belgilar bilan rasmiylashtirishga oʻrganadi. Umumlashtirish metodi 
muammolarni hal etish jarayonida oʻquv materialidagi tipik faktlarni aniqlash, qiyoslash, dastlabki 
xulosalar, hodisaning rivojlanish dinakmikasini tasavvur qilish, umumlashtirish natijalarini shartli 
belgilar yordamida rasmiylashtirish, umumiy xulosa chiqarishga zamin tayyorlaydi. Masalan, suvda 
hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, sutemizuvchilar tuzilishiga tegishli 
materiallardan ular o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqni ko‘rsatuvchi asosiy dalillar besh barmoqli 
oyoqlarning rivojlanganligi, terining tuzilishi, ko‘payish, nafas olish, umurtqa pog‘onasi, qon 
aylanish sistemasining rivojlanganligini, ko‘payish usulini ko‘rsatish mumkin. Ana shu 
ma’lumotlarga asoslanib, besh barmoqli oyoqlarning paydo bo‘lishi, o‘pka bilan nafas olish 
hayvonlarning quruqlikda yashashga moslanishi bilan bog‘liqligi to‘g‘risida xulosa chiqarish 
mumkin. 

Yüklə 320,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin