barcha turdagi bayram (agar u qonun bo’yicha dam olish kuni hisoblansa), dam olish hamda ta’til
(otpuska) kunlarini ayirish orqali aniqlanadi. Respublikada yillik ish vaqti fondi 276-286 kun miqdorida
belgilangan. Bu iqtisodiy faol mehnat resurslarining yillik ish vaqti fondi hisoblanadi. O’smirlar uchun bu
fond ularni ijtimoiy jihatdan himoya qilgan holda belgilangan. Xuddi shunday imtiyozlar inson
salomatligi uchun zarur ishlarni bajaruvchilar uchun ham o’rnatilgan.
d). Belgilangan ish vaqti fondidan foydalanish koeffitsiyenti ham aniqlanadi. U bir ishchi yoki
xizmatchining ishlab chiqarishda haqiqatda ishlagan vaqtini (kishi-kuni, kishi-soatini)
qonunda
belgilangan miqdorda ishlashi lozim bo’lgan vaqtga taqsimlash natijasida aniqlanadi. Buning uchun
quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
IVfk = ^.
Мг1п
Bunda: IVfk - ish vaqti fondidan foydalanish koeffitsiyenti;
MrIv - mehnat resurslari hisoblangan bir kishining bir yilda
ishlagan vaqti, kishi-kuni, kishi-
soati;
MrIn - bir kishi uchun qonunda
belgilangan, ishlashi lozim bo’lgan vaqt, kishi-kuni, kishi-soat.
Bu koeffitsiyentning miqdori birdan oshmasligi kerak. Agar u qanchalik kam bo’lsa, bu mehnat
resursi foydali mehnat jarayonida_kam qatnashganligidan dalolat beradi.
g). Mehnatning mavsumiylik koeffitsiyenti. Uning miqdorini bir yil, bir oy mobaynida yeng ko’p
ish kunini shu davrdagi yeng kam ish kuni miqdoriga taqsimlash natijasida hisoblash mumkin.
Bunda
quyidagi formuladan foydalanish maqsadga muvofiqdir:
Dostları ilə paylaş: