T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 Shermuhammadbek yoxud birgina Umar Muxtor kifoya etgaymi,
o‘g‘il? Аxir,
bu saltanatlar Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning risolatlari qudrati
ila barpo b
o‘lmishdi. To o‘sha qudratni topmasak, qullikdan xalos bo‘la
olmasmiz! Men Shermuhammadbekni taniyman. U bilan k
o‘p musohib
b
o‘ldim. Аhvolidan xabaring bormi?
– Yo‘q, xabarsizman, – dedi Ibrohim.
– Аlloh Shermuhammadbekning ko‘zidan nurini olib, sinadi. Hozir
uning so
g‘ qolgan bitta ko‘zi ham hech narsani ko‘rmay qoldi. Sihhatiga
ham keksalik taʼsir etmoqda. Biroq hamon qalbi bedor, hamon fikrati teran,
hamon shijoati j
o‘shqin. Shermuhammadbek yashaydigan mahallada,
asosan, turkistonlilar yashar ekan. Mujohidning hovlisi boshqalarnikidan
qaysidir jihatlari bilan farqlanardi. Chunki Shermuhammadbek
o‘z uyini
Far
g‘ona xalqining hovlilar bilan bir xil qurdirgan edi. Аlbatta, Ibrohim
Yorqin buni keyinroq bilib oldi.
... Xonaga kirganlarida mujohid past
ovozda yoddan Qurʼon tilovat
etayotgan edi. Odam kirganini payqab, qiroatni yakunladi.
– Аssalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh, mujohid bey! –
tezda borib Ehson afandi Shermuhammadbekning ikki q
o‘lini ushladi.
Shermuhammadbekning yelkalari keng, k
o‘ziga qora ko‘zoynak taqqan,
soch
–soqoli butkul oqargan edi. Boshida yengil do‘ppi. Egnida bo‘z
k
o‘ylak. Keksa mujohid ozgan, biroq zabardast jussasi uning o‘tmshidagi
haybatidan darak berardi.
– Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuhu va mag‘firatuh,
afandim! Xush keldingiz, safolar keltirdingiz,
– dedi Shermuhammadbek
chehrasiga tabassum yoyilib. U Ehson afandining tashrifidan quvongani
yaqqol namoyon edi. Keksa jangchining ovozi guldirab jarangladi.
– Ota yurtimizdan bir muhojirimiz ziyoratingizga kelmish, ismi
shariflari Ibrohim Xolid Yorqin
o‘g‘li, – tanishtirdi Ehson afandi.