T.me/akrommalik
www.facebook.com/akrom.malik2020
yuborasan, insha
Аlloh. Shuning uchun, doktorga yugurmadim. O‘zim
muolaja qildim.
Ikki oyki,
Аmerikadaman. Bu ukamning uyi. O‘zim
Turkiyada yashayman. Bir haftadan s
o‘ngra safarim qariydi. Robbim bu
safarni sen ila xayrli etdi. Yaʼni senga yaxshilik qilishdek imkon qo‘limga
kirdi.
Аlhamdulillah.
– Meni qanday topdingiz?..
– so‘radi Shafiqa.
– Xarid uchun chiqqan edim. Seni ko‘rdim. Hushing boshingda
emasligini payqadim.
Sen tomon kelaverdim. Hijobli bir muslimaning q
o‘lida yuk aravachasi
ila parishon turishidan k
o‘z yumib bo‘lurmi?
Haqiqatan, o‘rindiqqa
ch
o‘kding. Yetib keldim. Ne ko‘z ila ko‘rayki, ranging oppoq, ko‘zlaring
yumuq! Tezda taksida uyga keltirdim. Bori shu.
– Men ham muslima bo‘ldimmi?.. – iztirobda gapirdi Shafiqa. –
Kimligimni bilganingizda
o‘lib, qumursqalarga yem bo‘l deb ketib qolar
edingiz...
Roziya xonim Shafiqaga qarab qoldi.
Nigohidagi achinish emas,
shunchaki, ixlos edi.
– Ismingni aytasanmi? Seni qanday chaqirishni bilib olay, qizim, –
dedi xonim xuddi Shafiqaning shikoyatini eshitmaganday.
Shafiqa ismini aytdi.
– Shafiqa, sen oyoqqa tur. Yoshing nechada?
– Yigirma uchda...
– Juda ham yoshsan, jon qizim, – dedi Roziya xonim. –
Hayotda
nimani
k
o‘ribsanki, bunchalik noliysan? Robbimning yordamidan,
marhamatidan umidingni uzma. Uying qaerda?
– Uyim yo‘q... Boradigan joyim yo‘q...