T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 Xonaning yuzi kunchiqarga qaragan. Derazaning tagida sopol y
o‘lak.
Y
o‘lakdan so‘ng gulzor. Gulning adadsiz turlari o‘sadi, go‘yo. Roziya xonim
bir necha kun Shafiqani
o‘z holiga qo‘ydi. Lekin uch kundan so‘ng Shafiqa
xonimga aytdiki, u uy ishlarida k
o‘maklashmoqni istaydi. Xonim qabul etdi.
Keliniga buyurdiki, u Shafiqaga qilajak ishlarini k
o‘rsatadi.
Oradan bir oy
o‘tdi. Shafiqa Roziya xonimni muttasil mutolaa, tilovat,
ibodat ustida k
o‘rdi. Xonim na ovoznigor tinglaydi, na oynayi jahon ko‘radi.
Bo
g‘ o‘rtasidagi ayvonda tong va oqshmoda Qurʼon, tafsir, hadis o‘qiydi.
Xonim shu qadar sokin, shu qadar maʼnoli ediki, Shafiqa u bilan ko‘proq
suhbatlashmoq xohladi. Oqshomlarning birida ayvonga bordi, xonim
o‘tirgan so‘riga chiqib, tiz cho‘kdi. Roziya xonim kitobdan ko‘zini olib,
Shafiqaga boqdi, k
o‘zoynagini ko‘zidan tushirdi.
– Men pokistonlikman. Lahordanman, – deb so‘z boshladi Shafiqa. U
o‘z hayotining sahifalarini varaqladi. Har bir varaqda u o‘qishni
istamaydigan iztirobli satrlar bor, biroq u
o‘qidi. Hammasini Roziya xonim
qarshisida
o‘qidi.
Shafiqaning dardli qissasi yarim tunga ch
o‘zildi. Roziya xonim uni
katta eʼtibor ila tingladi, so‘zlarini bo‘lmadi, so‘ngra dediki:
– Xato qilish Odam atodan meros, Shafiqa. Tavba qilish ham uning
sunnati. Robbisining qoshiga siniq qalb ila borish beayblik davosi ila
borishdan k
o‘ra yaxshiroqdir, inshaАlloh. Nadomat xanjari qalbingga
naqadar chuqur botganini
Аlloh bilguvchi. Bu jarohat qalbingni Аllohga
butkul taslim etsin! Bilurmisan, hidoyat y
o‘lini topish unda yurishdan
o
g‘irroq, zotan, shayton hamisha u yo‘ldan ozdirmoq qasdida. Bugun biz
dajjol madaniyati davrini boshdan kechirmoqdamiz. Dajjolning bir k
o‘zi bor.
Dajjol madaniyati insoniyatni bir zalolat botqo
g‘iga botirdi. Bundan qirq yil
oldin har bir xalqning
o‘z urfi bor edi. O‘z qoidasi, o‘z libosi, o‘z niyati, o‘z
taqvosi bor edi. Bugun dunyoning hamma xalqi bu boylikni boy berdi. Hech
bir millatning asliyati qolmadi. Odamzod
o‘z asliyatidan yuz o‘girdi. O‘z