T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 anglashdan ojiz qolajak. Iymon kalimasini aytsang -da, besh mahal
namozni ado etsang -da, zakotingni musriflariga tutqazsang -da,
Ramazonda r
o‘zali yurib, haj niyati ila Kaʼbaning ziyoratida bo‘lsang -da,
nafsingdan
g‘olib kelmaguningcha bu amallar seni yaxshi tomonga
o‘zgartirmagay.
Hatto, jihod maydoniga chiqqan mujohidning nafsi unga iymonidan
k
o‘ra kuchliroq taʼsir o‘tkazsa, kofirning qonini to‘kib, jonini olishdan kimga
qanday naf b
o‘lgay?! Zotan, jihodning asli nafsga qarshi jihod qilmoqdir.
Nafs k
o‘zni ko‘r etadi, haqiqiy ishqdan ayiradi, ro‘yolarga asir etadi.
Mushriklar «La ilaha illalloh» demadilar, chunki Аllohga sig‘inmoq ila
nafslarining xohishlaridan yuz
o‘girishga majbur bo‘lishlarini ular bizdan
teranroq tushungan edilar. Bugunning musulmonlar iymonga olib kirajak
kalimalar mohiyatiga Makkaning
o‘sha mushriklari qadar ham nazar sola
bilmaymiz. Islomga bir shakl
o‘laroq boqdik. Uning ichiga qiziqmaymiz.
Qalbingni tarbiyalab, ruhingni kirlardan poklaydigan Islomni emas, qonun
–
qoidalardangina Islomni ushladik. Holbuki, Islomning mohiyati insonni
Robbisiga yetaklashdan iborat, bizning islomimiz esa, aksincha, Xudodan
teskariga olib ketmoqda.
Chunki biz Islom ila yashamayapmiz. Islom ila yashash
o‘g‘rining
q
o‘lini kesib, fohishani toshbo‘ron qilishgina bo‘lsaydi, bundan oson ish
topilmas edi, shubhasiz. Islom ila har bir m
o‘minning ichki olami,
hammadan berkitadigan yashirin hayoti, qalbidagi
o‘ylari, hissiyoti, aqlining
xulosalari
– hamma –hammasi Islomiy bo‘lmog‘i lozim. Robbimning
qoshida bu niyatim uchun qanday javob berajakman? Bu amalim sababli
Аllohning muhabbatidan mahrum bo‘lmasmanmi? Qaysi ishlarim Robbimga
xush keladi?
Аxir, men Аllohga taslimman, uning amrlarini so‘zsiz
bajarishga qasam ichdim, menda zarracha shubha b
o‘lmasin, ikki dunyo
b
o‘lurmi, bo‘lmasmi, Robbimning amrlarida sobit turishim kerak, lekim bu
mening q
o‘limdan kelsa, koshki! Na niyatlarimni o‘nglay olaman, na