T me/akrommalik



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/170
tarix16.05.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#114629
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   170
Halqa [@kitoblar pdf]

T.me/akrommalik 
 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
Mashinada 
ketarkanlar, 
Shafiqa 
bir 
o
g‘iz ham gapirmadi. 
Mehmonxonaga borib, 
o‘z xonalariga kirganlarida Roziya xonim 
Shafiqaning yuziga qarab q
o‘rqib ketdi: 
– Yo Аllohim! Shafiqa, nega o‘zingni bunchalik qiynayapsan, qizim? 
Shafiqaning ikki k
o‘zi yig‘idan qizarib, hatto, shishib ketgan edi. 
O‘NINChI BOB 
Shermuhammadbek 
Аmir Olimxon bilan bo‘lgan suhbatni eslash 
asnosida bir on 
o‘yga cho‘mdi. Ehson Hakim afandi va Ibrohim Yorqin uni 
diqqat ila tinglar edilar. 
– Аmirni men shunday qayg‘uda ko‘rdimki, umrim bino bo‘lib, u kabi 
anduhli boshqani uchratmadim, 
– deb o‘tmish xotiralariga yana sho‘ng‘idi 
Shermuhammadbek. 
– Men o‘z yelkamdagi vazifani bajara olmaganimdan 
ozurda edim. Kofirga yurtni berib q
o‘ydim. Bu sharmandalik edi. Shundan 
keyin ham tirik yurish iztirobli. Biroq mening 
g‘amim amir Olimxonning 
hasrati oldida dengiz tubidagi mushtumdek bir toshga aylanib qoldi. 
Аmirning vujudidan bir alam harorati taraqar edi. Bildimki, u deyarli hech bir 
kishi bilan s
o‘zlashmay qo‘ygan. Sodiq xizmatchisi unga taom keltiradi, 
yuvinshi uchun yordamlashadi. 
Аmir ertadan kechgacha, oqshomdan 
tonggacha Qurʼon o‘qiydi. Mening kelganimni aytishganida: «Kim u?» – deb 
s
o‘rabdi. «Shermuhammadbek, mujohid», – deb meni taʼriflaganlaridan 
keyin, huzuriga kirishim uchun izn beribdi. «Shermuhammad, – dedi menga 
amir Olimxon, 
– Bizning xalqimiz o‘zi ham anglab yeta olmaydigan bir 
buyulikdan anglab yetganida nadomati yurakni parchalaydigan tubanlikka 
ch
o‘kmoqda. Bu shunday tubanlikki, unda odamzod yashashning 
maqsadini unutadi. Hayvon maqomiga, hayvondan ham pastroqqa tushadi. 
Qudsiyatdan aql bovar etmas darajada yiroqlashib, nahsiyatga shu qadar 
yaqinlashadi, natijada inson va nahsiyatni ajratishga qiynalib qolasan. 
Shermuhammad, hamma narsani boy berdik: dinni, iymonni, islomni kofirga 



Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin