T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 – Аmina xonim, – dedi Roziya xijolatomuz. – Bizni afv etasiz...
– Nega unday deysiz? – dedi shoshib Аmina taskin va tasalli ila. –
Xijolat b
o‘lmang..
– Oyi, akam bilan uy qurdik, – deb kenjatoyning maqtanayotgani
eshitildi ortdan.
– Voy, ko‘zimning qorasi, u uyda kimlar yashaydi? – degani quloqqa
chalindi
Аminaning...
Fotih Karimning ijodxonasi keng. Yoru
g‘. U mehmonlarni o‘rnidan
turib kutib oldi, xonimlarga yumshoq
o‘rindiqlardan joy ko‘rsatib, o‘zi to‘rdagi
yozuv stoliga ch
o‘kdi. Xonaning devorlariga suyangan javonlar turfa kitoblar
ila t
o‘la.
Duodan s
o‘ng, Fotih Karim mehmonlarga savolomuz boqdi.
– Fotih janoblari, – deb so‘z boshladi Roziya xonim. – Bir gunohkor
o‘z xatosini tushunib, tavba etsa, Аllohim uni o‘z marhamati, fazli ila afv
etadi.
– InshaАlloh, – dedi Fotih Karim. U mehmonning muddaosini hamon
anglamayotgan edi.
– Biz dinimizni, nabiyyimiz Rasululloh sollallohu alayhi va sallam
keltirgan dinni t
o‘g‘ri tushuna olmayapmiz, tushunmaganimiz uchun uni
t
o‘g‘ri tatbiq eta bilmayapmiz, – so‘zida davom etdi Roziya xonim. – Аlloh al
–Kariym, Аlloh al –Hakiym, Аlloh al –Muiz, Аlloh al –Hodiydir. U biz
bandalarga s
o‘ramasak-da ko‘pdan ko‘p, sanoqsiz neʼmatlar beradi. U O‘z
ishini buyuk hikmati ila qilguvchidir. U xorlikdan izzatga k
o‘tarib, bandasini
hidoyatga y
o‘llovchi yagona Zotdir. Аlloh Robbimizdir, u bizning
Tarbiyachimizdir.
O‘ziga iymon keltirgan har bir bandani tarbiyalaydi,
kamolga yetkazadi.
– Haq so‘zlarni aytmoqdasiz, – dedi Fotih Karim.
– Sizning birinchi zavjangiz Shafiqa Karim yodingizdami? – savol
berdi Roziya xonim.