T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 Mehmonlar uchun m
o‘ljallangan xona keng, shinam edi. Xizmatchi
Fotih Karimning xonasiga ketarkan, istarali bir ayol kirdi.
–
Bekam,
Istanbuldan
mehmonlar
kelishibdi,
xatibimizni
s
o‘ramoqdalar, men u kishidan ijozat olay, – dedi xizmatchi yo‘l –yo‘lakay.
Uning «Bekam» degan so‘zi Shafiqaga chaqmoq urgandek taʼsir etdi.
Beixtiyor ayolga qaradi.
Аyol kelib, ularga salom berdi.
– Kelib, ko‘zimizni nurga to‘ldirdingiz, – dedi mezbon xonim ochiq
yuz ila.
– Ismi sharifim Аmina Karim, Fotih Karim janoblarining
zavjalariman.
Shafiqa muzdek suv ichiga ch
o‘kkandek seskanib ketdi, xayriyatki, u
paranji ichida edi, yuzlarini parda yopib turibdi, aks holda,
Аmina bu
ayolning nima uchun bu qadar oqarib ketganidan taajjubga tushar edi,
albatta.
– Juda ham mamnunmiz, – dedi Roziya xonim. – Fotih Karimdek
olim insonga sizdek mutohhara zavja behad yarashadi.
Аllohim
turmushingizni xayrli, barokatli qilsin, amiyn!
– Аmiyn, – dedi Аmina.
– Аmiyn, – dedi eshitilar –eshitilmas ohangda Shafiqa. Ko‘zlarini
t
o‘sib turgan qora to‘rli parda uning ko‘zyoshini ham yashirdi.
– Mening ismim Roziya Muhsin, – deb o‘zini tanishtirdi xonim. – Bu
mening singlim. Fotih janoblariga bir masalada murojaat etmoqchi edik.
Shu payt tashqaridan biri besh, biri uch yoshli ikki bolakay
chu
g‘urlashib kirib keldi. Shafiqa o‘rnidan turib ketdi. Ortiq o‘zini ushlay
olmadi. Yugurib borib bolalarni quchoqladi. Buni k
o‘rib, Аmina ham, Roziya
xonim ham tezda turdilar. Shu onda xizmatchining ovozi keldi:
– Ustoz Fotih Karim aziz mehmonlarimizni kutmoqdalar.
Roziya xonim Shafiqaning q
o‘lidan ushladi. Shafiqa sassiz –sadosiz
holda ikki bolani yana bir marta mahkam ba
g‘riga bosib, keyin Roziya
xonimning izidan yurdi.