T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 Kenja
o‘g‘il Аbdulloh tuzaldi, u yangi mahallani ham tezda «o‘zlashtirdi»:
tengdoshlarining tilini topdi,
o‘zidan katta bolalarga qo‘shilib maktablarga
ham borib yurdi. Ibrohim Yorqinga Shermuhammadbekning mahallasi
yaqinidan hovli topib berishdi. Ixcham, uchta xonasi, oshxona, hammomlari
bor, asosiysi, hovlining etagidan ariqda suv oqadi. Ibrohimning ayoli
Robiyaning qalbi shodlikka t
o‘ldi. U salkam bir oyga cho‘zilgan safarning
mashaqqatlari tugab,
Аlloh ularga gulday maskan ato etgani uchun
shukronalar keltirdi. Qisqa fursatda Ibrohim Yorqin xonadoni eng fayzli, eng
barakali xonadonlardan biriga aylandi. Robiya ertadan kechgacha hovlini
obod qilish, r
o‘zg‘orini tartiblash uchun kuymanadi, Ibrohim esa shu yerlik
yordamchilar k
o‘magida kichik do‘kon ochdi.
Oradan yillar
o‘tdi. Аvval Shermuhammadbek, keyin Ehson hakim
afandi vafot etdilar. Zamon
o‘zgardi, odamlar o‘zgardi. Yer shari bo‘ylab bir
shamol esardi, g
o‘yo. U shamol qaysi insonning tanasini silab o‘tsa, o‘sha
inson faqatgina rohat va faro
g‘at muxlisiga aylandi. Rohat va farog‘at oliy
qadriyat maqomiga k
o‘tarildi. Insoniyat qiziq tomoshalarni, yoqimli
ohanglarni, maqtovu faxrni, lazzat va huzurni, nafis qomat va g
o‘zal
chehralarni, ehtirosli nafas va tuganmas shodlik talabgori b
o‘lib qoldi. Hayot
shu talab ustiga qurila boshlandi, maqsadlar, niyatlar faqat shu manzillarga
qanot qoqdi.
O‘tmishning ruhoniyat olamidagi soflik irsiyatini saqlagan
ildizlar qirqildi, zamin hayoti tomiri qurib, shamol
o‘ynab yurgan qoqshol
daraxt qiyofasiga kirdi. Hamma yangi rang izlaydi, yangi shakl qidiradi, eski
ranglar zerikarli, qadim shakllar keraksiz, g
o‘yo. Rang va shakllar
a
hamiyatga aylandi, uning ichi unutildi. Harakatlar maʼnodan, so‘zlar
haqiqatdan ayrildi. Zamon ana shunday
o‘zgardi. Аjdodlar orzusi avlodlar
nazdida qadrsizlandi.
Аjdodlar yo‘lidan yurilmay qo‘ydi. Yurilmagan yo‘lni
tikan bosdi. Nasllar t
o‘da –to‘da bo‘lib har tomonga sochildilar -da,
yurayotgan joylarini Y
o‘l, deb atadilar. Biroq bu holni idrok etuvchilar kam