T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 edi, zotan, hamma shu iqlim asiri, undan tashqarida nafas olmagach, toza
havoni tanimoq mumkinmi?!
Ibrohim Yorqin xonadoni kengaydi. U turmushga kirib kelayotgan har
bir yangilikka teran razm solar edi. Odamlarning shoshib qaygadir
chopishlariga qarab, oynayi jahon tasvirlarini k
o‘rib, ovoznigor sasini
tinglab, insoniyatga ulkan t
o‘fon yaqin qolganini sezar edi. Bu, albatta,
rosmana t
o‘fon emas, ramziy bir to‘fon edi. Qalblarni mahv etadigan, mehru
oqibatni
o‘ldirib, barchani xudbinlik zindoniga yakka –yakka qamaydigan
T
o‘fon edi bu.
Ibrohim Yorqin ruhoniy
o‘tmishning eng so‘nggi vakili edi. U
farzandlariga
o‘zi ko‘rayotgan haqiqatlarni anglatishga tirishdi, ko‘p tirishdi,
shunda tuyqus angladiki, jigarg
o‘shalari go‘dak ekanidayoq ularning ongi
va qalbiga begona uru
g‘lar kelib tushibdi. Ibrohim Yorqinning to‘ng‘ichi
savdoni tutdi, keyingisi, yaʼni Аbdulloh Yorqin yangi sohaga – kompyuter
ilmiga qiziqdi, t
o‘rt nafar qiz ko‘rgan edi, ularning biri shifokor, biri muallima,
qolgani uy bekasi b
o‘ldi. O‘tmishdagi Toza Dard yuki, Shaʼn Qayg‘usi
Аbdullohning yelkasiga ortilgan edi. Biroq u buni bilmasdi. Uning qalbi
tubida
o‘zlik ehtiyoji, deb atalgan vulqon yashirin edi. Bu vulqon otilsa, o‘z
sohibini hammadan avval kuydirishi muqarrar.
Аna shu muqarrar hodisa
Аbdulloh Yorqin Urumchiga borganida sodir bo‘ldi. Bu paytga kelib, Ibrohim
Yorqinning yoshi oltmishga yetgan,
Аbdulloh uylanib, bir o‘g‘il ko‘rib, uni
katta bobosining ismi bilan Qilichbek, deb chaqirgan edi. Xitoyda, ayniqsa,
Shinjondagi voqealar daragi Yer yuzi b
o‘ylab tarqalayotgan pallada
Аbdulloh Yorqin Urumchiga borishini otasiga aytdi.
– Nima qilasan u yerda, bolam? – deb so‘radi ota.
– Uyg‘urlar uchun taʼlim dasturi ishlab chiqdik, u yerdan bu dasturga
munosiblar tanlandi. S
o‘nggi sinovga meni taklif qilishdi, hakamlik uchun, –
sababni izohladi
o‘g‘il. Ibrohim Yorqin chuqur o‘yga botdi va dedi: