T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 qonlar t
o‘lib oqqan daryolar bor. Biz bu qudratni g‘aflatimiz sababli
y
o‘qotdik. Uni bir kunda yo‘qotmadik, juda sekin yo‘qotdik. Buyuk davlatimiz
o‘zimizga sezdirmasdan nurab, yer bilan yakson bo‘lib yiqildi. Uni yana
asliday tiklamoq uchun ajdodlar bosib
o‘tgan yo‘lni xuddi ular kabi bosib
o‘tmoq lozim. Bobolarimiz azim qudratga erishib, oliy davlatni qurish uchun
naqadar mashaqqat chekkan b
o‘lsalar, xuddi o‘sha mashaqqatlar kutib
turibdi.
Biroq bu sharafni his etadigan, bu azamatni, bu qudratni taniydigan
nasllar qachon tu
g‘ilib, bu yo‘lga jonlarini tikib otlanishlari yolg‘iz
Robbimizga ayon!
«Аmir Olimxon ana shularni so‘yladi. Men amirga u ko‘rsatgan ulug‘
y
o‘ldan yurishimni aytdim. U Аlloh yordamchi bo‘lsin, dedi. Men afg‘on
to
g‘larida, turkman sahrolarida lashkar yig‘ib, kofir o‘risga qarshi jihod qilib,
yurtimni uning harom oyo
g‘idan poklamoqchi edim. Shu maqsadda
Istanbulga keldim. Bu yerda esa, qazoi qadarda bor ekan, ikkinchi
k
o‘zimdan ham ayrildim. Shu yerda qolib ketdim.
Shermuhammadbekning qay
g‘uli qissasi Ehson afandiga ham
Ibrohim Yorqinga ham kuchli taʼsir etdi. Qarshilarida o‘tirgan keksa
pahlavon qanoti kesilgan, k
o‘zlaridan mahrum qilingan burgutga o‘xshaydi.
Uning yuragi yonyapti, shijoati vujudiga si
g‘maydi, biroq yurishni istamay
qolgan oyoqlar, k
o‘rishni xohlamayotgan ko‘zlar u shijoatning namoyon
b
o‘lishiga izn etmaydi.
– Ibrohim, basharti, ko‘zlarim ko‘r bo‘lib, oyoqlarim yurib turganda
edi, otimga minib ota Turkistonimga ketar edim,
– dedi u yana bir xiyol
jimlikdan keyin.
– Subhanalloh, – dedi Ibrohim Yorqin.
– Ot ustida jangchilarga xos sharaf ila shahid bo‘lmoq orzuyimdir,
Robbim bu orzuyimni ijobat etgaymi, y
o‘qmi, bilmayman, – deb qo‘ydi
Shermuhammadbek. Ular kechgacha keksa mujohidning ziyoratida qoldilar.