T me/akrommalik


www.facebook.com/akrom.malik2020



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/170
tarix16.05.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#114629
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   170
Halqa [@kitoblar pdf]

 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
– Аlbatta, – tasdiqladi Fotih Karim. – Bolalarimni qarovsiz qoldira 
olmas edim. 
– Shafiqaning ota –onasiga nima dedingiz? 
– Ustozimga buni aytishga jurʼat etmadim, – dedi Fotih. – U kishining 
oriyati bu hodisani qabul etmaydi. Biror kun 
Аllohning tavfiqi yetib, Shafiqa 
tavba qilib qaytishi mumkin, deb hamisha ishonchda edim. 
O‘shanda men 
uni afv etsam -da, otasi kechirmaydi, deb xavotir olganim uchun bu t
o‘g‘rida 
u insondan sir tutdim. 
– Siz nima uchun Shafiqa tavba bilan qaytib keladi, deb ishondingiz? 
– so‘radi yana Roziya xonim. 
– Chunki... – biroz jim qoldi Fotih. – Chunki u ketganidan buyon 
Robbimdan unga tavfiq s
o‘rab duo qilmoqdaman. 
– U holda, Shafiqani qalbimdan yulib otdim, deganingizni qanday 
tushunay? 
– dedi Roziya xonim. 
– Shafiqa ketgach, – dedi Fotih Karim bir iztirob ila. – Uni haddan 
ortiq yaxshi k
o‘rishimni angladim. Shu qadar yaxshi ko‘ribmanki, unga 
b
o‘lgan muhabbatim qalbimni butkul egallagan ekan. Mo‘mindan u nimani 
k
o‘p sevsa, olib qo‘yilgan. Men Shafiqaning ketishini ana shu hikmatdan 
deb bilib, isti
g‘for va duoda edim. 
Roziya xonim Fotih Karimning javobidan mutaassir b
o‘ldi. 
– Fotih janoblari, – dedi u. – Sizni o‘g‘lim, deb chaqirsam ham 
haqqim bor, chunki kenja 
o‘g‘lim siz ila tengdosh. Men boray, Shafiqa bilan 
gaplashay, unga asl holatdan xabar beraman. 
Аgar u rozi bo‘lsa, siz rozi 
b
o‘lsangiz, nikohingizni o‘qisinlar. 
– InshaАlloh, – dedi Fotih Karim. – Аgar Shafiqa kelsa, uni 
nikohimga olaman. Bolalarimning yonida 
o‘z onalari bo‘lishini istayman. 
Roziya xonim taklif etilgan qahvani ham, choyni ham nazokat ila rad 
etdi. Er 
–xotin Fotih va Аmina Karim ularni kuzatib, ostonaga chiqdilar. 



Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin