T me/akrommalik



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/170
tarix16.05.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#114629
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   170
Halqa [@kitoblar pdf]

T.me/akrommalik 
 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
– Shafiqa?! – cho‘chib ketgandek bo‘ldi Fotih. – Shafiqa mening 
sobiq xotinim, unga taloq berganman. 
– Taloq berdingizu, uning keyinchalik qanday ahvolga tushganidan 
xabaringiz bormi? 
– so‘radi Roziya xonim. 
Fotih Karim bu savoldan noqulay b
o‘ldi, qizarinqirab dedi: 
– Begona ayol bilan mening qanday ishim bo‘lsin, xonim? 
«Begona ayol» taʼrifi Shafiqaning yuragiga o‘qday qadaldi. 
– Taloq bilan u begonaga aylanadi, biroq bir muslima sifatida 
musulmonlarning himoyasiga u muhtoj emasmidi? 
Sizlar biz musulmonmiz, deb aytasiz, biroq adashsa ham, 
adashmasa ham dindoshingiz b
o‘lgan bir zaifani himoyasiz, chorasiz 
tashlab q
o‘yishlaringizdan ozurdaman, – dedi biroz qizishib Roziya xonim. 
– Bu kechirilmas xatoyimiz, – dedi Fotih Karim. – Shafiqadan 
ranjigandim. Shu bois, uni qalbimdan yulib otdim. Uni qanday taniysiz? U 
qaerda? Yaxshimi? 
– Qalbdan yulib otish ojizlarning ishi, mo‘minning ishi emas, – dedi 
Roziya xonim keskin. 
– Mo‘min dunyo muhabbatini qalbdan yulib otsin
kofirdan q
o‘rqishni qalbdan yulib otsin! Xato ustidagi muslimani isloh etish 
o‘rniga uni qalbdan yulib otish naqadar to‘g‘ri ish deb o‘ylaysiz? Qalbini 
Аllohga topshirish o‘rniga bir ayolga berib qo‘yish ham musulmon erga 
yarashadimi? 
Fotih Karim mum tishladi. 
– Sizdek sohibi ilmga tanbih berish uchun kelmadim, – dedi Roziya 
xonim. 
– Shafiqa bilan orangizdagi aqdni qayta tiklashingizni istab keldim.
– Shafiqa qaerda? U keldimi? – deb so‘rarkan Fotih Karim chodra 
ichida 
o‘tirgan ayolga ko‘z qiri bilan qarab qo‘ydi. 
– Аmina xonimdek dilbar muslimani nikohingizga olibsiz, – dedi 
Roziya xonim. 


T.me/akrommalik 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin