Kompleks birikmalar kimyosi fani



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/44
tarix17.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#115398
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44
kompleks birikmalar kimyosi

kompleksning ichki qavatida markaziy ion atrofida necha joyni band qilsa, bu son ligandning 
koordinatsion sig‘imi deb ataladi. Masalan, K
4
[Fe(CN)
6
] da CN
-
ionining koordinatsion sig‘imi 
birga teng, CN
-
ioni temir ioni atrofidagi oltita о‘rindan faqat bittasini band qiladi. K
4
[Fe(S
2
O
3
)
3
] da 
har qaysi S
2
O
3
2-
ionining koordinatsion sig‘imi ikkiga teng. Shuningdek, etilendiaminning 
koordinatsion sig‘imi ham ikkiga teng. Koordinatsion sig‘imlari uchga va tо‘rtga teng bо‘lgan 
ligandlar ham uchraydi (sig‘imdentatlik deb ham yuritilishi yuqorida aytilgan edi). 
Verner 
nazariyasining 
uchinchi 
bandi 
komplekslar 
tuzilishini 
stereokimyoviy 
jihatdan 
oydinlashtiradi. Verner koordinatsion birikmalarning fazoviy tuzilishini aniqlashda ayni 
koordinatsion birikmaning nazariya asosida topiladigan izomerlari sonini uning haqiqatan mavjud 
bо‘lgan izomerlari soni bilan taqqoslash usulidan foydalaniladi, chunki rentgen nurlari kashf 
etilmasdan avval molekulalarning fazoviy tuzilishi faqat ana shu yо‘l bilan aniqlanar edi. 
Verner fikricha, agar M ning koordinatsion soni 6 ga teng bо‘lsa, kompleks ion ichida 6 ta ligand 
markaziy iondan birdek uzoqlikda bо‘lgan oltita nuqtaga joylashadi. Bu joylashish 1) tekislikdagi olti 
burchak shaklida (markazda M, burchaklarda esa ligandlar turadi) yoki 2) fazoviy trigonal prizma va 
3) fazoviy oktaedr shaklida bо‘lishi mumkin. 
MA
4
V
2
va MA
3
V
3
tartibli komplekslar tekis olti burchakli shaklda uchta izomerga, uchburchakli 
prizma shaklida ham uchta izomerga, oktaedrik shaklda esa ikkita izomerga ega bо‘lishi kerak. 
Tajribaning kо‘rsatishicha MA
4
V
2
va MA
3
V
3
larning ikkitadan izomeri bor. Shunday qilib, Verner bu 
koordinatsion birikmalar oktaedrik tuzilishga ega ekanligini kо‘rsata oldi. 
Bu fikr tо‘g‘ri ekanligi keyinchalik boshqa tadqiqotlar asosida tasdiqlandi. Yana shuni ham aytib 
о‘tamizki, A.Verner nazarichsining yaratilishidan ilgari kimyo sohasida S.Arreniusning 
elektrokimyoviy nazariyasi, Y.Vant – Goff hamda Le Belning stereokimyoviy tasavvurlari, 
D.I.Mendeleyevning kimyoviy elementar davriy sistemasi kashf etilgan edi. Lekin bu tasavvurlarga 
asoslanib koordinatsion birikmalarning, masalan, CoCl
3
· 6NH
3
PtCl
2
· 2NH
3
, CuCl
2
· 4NH
3
ning 
tuzilishini izohlab bо‘lmasdi, chunki valentlik haqidagi klassik nazariyaga muvofiq CoCl
3
, PtCl
2
va
CuCl
2
valentlik jihatdan tо‘yingan birikmalar deb qaralar edi. Shu sababdan A.Verner nazariyasining 
yaratilishi kimyo fanida katta kashfiyot qabul qilindi. 
Koordinatsion birikmalarni tekshirishda chо‘ktirish reaksiyalari va elektr о‘tkazuvchanlikdan keng 
foydalanildi. Bulardan ikkinchisini bayon etamiz. Verner koordinatsion birikmalar tuzlari 
eritmalarining molekulyar elektr о‘tkazuvchanligidan foydalanib, koordinatsion birikmalarning 
nechta ionga parchalanishini aniqlay oldi. 
Tarkibida 1 mol erigan modda bо‘lgan eritmaning elektr о‘tkazuvchanlig shu moddaning molekulyar 
elektr о‘tkazuvchanlig deb ataladi : 
Bu yerda : μ – eritmaning molekulyar elektr о‘tkazuvchanligi, k – solishtirma (ya’ni 1 sm
3
eritmaning) elektr о‘tkazuvchanligi, v – tarkibida 1 mol erigan modda bо‘lgan eritma hajmi. 
Agar koordinatsion birikma eritmada faqat ikkita ionga disotsilansa, μ≌ 100 Om
-1
·sm
3
ga yaqin bо‘ladi. 


Agar koordinatsion birikma tuzi uchta ionga dissotsilansa μ ning qiymati 240 om
-1·
sm
3
ga teng yaqin bо‘ladi. Tо‘rtta ionga parchalanadigan koordinatsion birikma uchun μ = 430 om
-1.
sm
3
ga teng. Beshta ionga parchalanadigan tuzlarning molekulyar elektr о‘tkazuvchanligi μ = 550 
om
-1.
sm
3
ga yaqin bо‘ladi. Noelektrolit moddalar uchun μ ning qiymati nolga yaqin. 
Bunday xulosalardan foydalanib, koordinatsion birikmalarning ichki sferasida qaysi 
ion turishini bilish va uning zaryadini aniqlash mumkin. Verner va Miolati kation koordinatsion 
birikma tarkibiga ketma – ket anionlar kiritish yо‘li bilan kation koordinatsion birikmadan anion 
koordinatsion birikmalarga о‘tilganida μ ning qiymati, avval, qariyb nolga qadar pasayib, keyin 
ortishini juda kо‘p misollarda kо‘rsatdilar. 
Shunday qilib, Verner nazariyasi koordinatsion birikmalarni tо‘g‘ri tushunishga yordam beradigan 
klassik nazariyadir. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin