Rus olimlaridan A.D. Gelman va L.N. Essen [Pt (NH
3
) (C
5
H
5
N) · NO
2
Cl Br] tarkibli oktaedrik
koordinatsion birikmaning bir necha izomerlarini sintez qilishga muvaffaq bо‘ldilar.
Nazariy
mulohazalar bunday tarkibli oktaedrik koordinatsion birikmada 15 ta geometrik izomer bо‘lishi
mumkinligini kо‘rsatadi. Agar bu izomerlarning har biri uchun ikkitadan optik izomer tо‘g‘ri
kelishini hisobga olsak, jami 30 ta izomer mavjudligini bilib olish mumkin.
Optik izomeriY. Molekulalari simmetriya markaziga yoki simmetriya tekisligiga ega bо‘lmagan va
molekulyar massasi teng bо‘lgan moddalar о‘zaro
optik izomerlar deb ataladi. Bu moddalarning biri
yorug‘likning qutblanish tekisligini о‘ngga (
d - shakl), ikkinchisi chapga (
l - shakl) buradi,
boshqacha aytganda ular optik faollik namoyon qiladi.
d – shakldagi moddani
l –
shakldagi
moddaning kо‘zgudagi aksi deb qarash mumkin. Masalan, [CoEn
2
NH
3
Cl] X
3
sis – koordinatsion
birikma quyidagi ikki optik izomer hosil qiladi.
Optik faol birikmalar molekulalari simmetriya markaziga va simmetriya tekisligiga ega bо‘lmaydi.
Optik faollikning sababi sifatida quyidagilarni kо‘rsatish mumkin:
1.
Markaziy ion asimmetriya xususiyatiga ega bо‘lishi, masalan:
2.
Molekulaning ligandlari polidentat xususiyatiga ega bо‘lishi sababli asimmetriya paydo
bо‘ladi:
3.
Ligand atomlaridan birining asimmetriyaga ega bо‘lishi (masalan,
optik faol aminokislota
koordinatsiyada qatnashgan holda) yoki koordinatsiyalangan atomda yangi bog‘ paydo bо‘lishi
tufayli asimmetriya holati paydo bо‘ladi.
Optik izomeriya hodisasi koordinatsion ionning fazoda turlicha joylanishidan kelib chiqadi. Ayni
koordinatsion birikmaning ikkala shakli bir xil molekulyar elektr о‘tkazuvchanlik va kislota – asoslik
xossalariga ega bо‘ladi. Lekin ular boshqa optik faol moddalar bilan reaksiyalarga kirishishi va
birikishi jihatidan bir – biridan farq qiladi. Masalan, [Coεn
3
] Br
3
koordinatsion birikmaning
I - shakli
I – kvarsga,
d – shakli esa
d – kvarsga birikadi.
Optik izomeriya ham koordinatsion birikma tarkibidagi atomlarning fazoda boshqa –
boshqa tarzda
joylashishi natijasida hosil bо‘ladi. Tо‘rtta ligandi bir – biridan farq qiladigan tetraedrik tipdagi
kompleks [M (ABSD)] ni kо‘rib chiqaylik. Bu shakllarning biri ikkinchisi ustiga qо‘yilganida
ularning ayrim о‘xshash nuqtalari bir – birini qoplamaydi. M (ABSD)
tarkibli tetraedrik
koordinatsion birikmada ichki simmetriya tekisligi mavjud emas. Bu koordinatsion birikmaning
markazni kesib о‘tgan tekislikning ikkala yon tomonida ham ikkitadan turli xil ligandlar joylashgan
bо‘ladi.
Dostları ilə paylaş: