•
Markaziy bankning me’yoriy hujjatlarida ko’zda tutilgan bo’lsa, bank
ssudalari va unga ko’shilgan foizlarni qoplash uchun mablag’ o’tkazish;
•
Hukumat qarorlari va bank qoidalarida belgilangan hollardagi bank to’lovlari.
Ilgari to’lov topshiriqnomalari rasmiylashtirilgan kundan boshlab 10 kun ichida
bankka topshirilishi mumkin bo’lib, shu davr ichida u haqiqiy bo’lib
hisoblanar
edi. «Naqd pulsiz hisobkitoblarni amalga oshirish to’g’risida»gi yangi Nizomga
asosan to’lov topshiriqnomasi rasmiylashtirilgan kun bankka taqdim etilishi lozim,
ya’ni topshiriqnomaning sanasi uni bankka taqdim etilgan kun bilan bir xil bo’lishi
kerak, ular mos kelmagan holda to’lov topshiriqnomasi
ijro uchun qabul
qilinmaydi. Lekin byudjetga va byudjetdan tashqari fondlar bo’yicha to’lovlar
bundan mustasno.
Xulosa
To’lov topshiriqnomalarining bankka topshiradigan nusxalar soni to’lovchi va
mablag’ oluvchilarning qaysi bankda joylashganligiga bog’liq. To’lovchi va
mablag’ oluvchi korxonalar bir bank bo’limi xizmatidan foydalansalar,
topshiriqnomalar
bankka
uch
nusxada
taqdim
etiladi.
Topshiriqnoma
nusxalarining har biri quyidagicha ishlatiladi:
•
birinchi nusxa to’lovlar amalga oshirilgandan keyin bank mas’ul
ijrochisi
tomonidan imzo, to’lov amalga oshirilgan sana va qabul qilish sanasi ko’rsatilgan,
bankning to’rtburchak muhrining izi tushirilgan holda kunlik hujjatlar yig’masiga
tikiladi;
•
ikkinchi nusxasi to’lov oluvchining hisobvarag’iga ilova sifatida mas’ul
ijrochi tomonidan imzo, to’lov
amalga oshirilgan sana, bankning to’rtburchak
muhr izi tushirilgan holda to’lovni oluvchi korxona vakiliga beriladi;
•
uchinchi nusxa operatsiya bajarilgandan so’ng, bank bo’limining to’rtburchak
shtampi izi tushirilgan, mas’ul ijrochi tomonidan imzo, to’lovni amalga oshirish va
topshiriqnomani qabul qilish sanasi ko’rsatilgan holda, to’lovchi korxona vakiliga
ularning depozit hisobvarag’idan ko’chirma bilan birgalikda beriladi.
Lekin har doim ham bir-biri bilan munosabatda bo’lgan xo’jalik yurituvchi
sub’ektlar bir bank xizmatidan foydalanmaydilar, chunki hisob-kitoblar bir hudud
tashqarisiga chiqishi mumkin. Agar to’lovchi va mablag’ oluvchi korxonalarga bir
hudud ichidagi yoki boshqa hududda joylashgan turli bank bo’limlari tomonidan
xizmat ko’rsatilsa, to’lov topshiriqnomalari bankka ikki nusxada taqdim etiladi:
•
birinchi nusxasi to’lovlar amalga oshirilgandan keyin bank mas’ul ijrochisi
tomonidan imzo, to’lov amalga oshirilgan sana, bankning muhr izi tushirilgan va
qabul qilish sanasi ko’rsatilgan holda kunlik hujjatlar yig’masiga tikiladi;
•
ikkinchi nusxasi bank bo’limining
muxr izi tushirilgan, bank mas’ul
ijrochisining imzosi, to’lov amalga oshirilgan sana va topshiriqnomani qabul qilish
sanasi ko’rsatilgan holda to’lovchi korxona vakiliga beriladi.
Dostları ilə paylaş: