Gamma va rentgen nurlarining o‟rtacha solishtirma ionlashtirishi 1
mkm masofada 10 juft ionni, neytronlar esa 3000 juft ionni tashkil
qiladi.
Yadroviy nurlanishlarni o‟lchashga mo‟ljallangan gaz razryadli
schyotchiklar zaryadli zarralar ta‟sirida gaz atom va molekulalarning
ionlashishiga
asoslangan.
Bunday
schyotchiklar
chiqishida
ionlashishdan vujudga keladigan ionizatsion tok xosil qiladigan elektr
impulsi o‟lchanadi.
Shunday qilib, zaryadlangan zarralar o‟z energiyasini asosan modda
atomlarini ionlashtirishga sarflaydi. Shuning uchun bu jarayonda
zarraning energiya yo‟qotishi ionizatsion energiya yo‟qotish deyiladi.
Zarraning birlik uzunlikka teng bo‟lgan masofada yo‟qotgan energiyasi
solishtirma ionizatsion yo‟qotish deyiladi.
Dostları ilə paylaş: