`
144
«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya»
nomli ilmiy-amaliy konferensiya
TA’LIMDA BOSHQARUV
Abdulkhamidov Abrorbek A’zamxon o’g’li
5A230201-Management (Education Management)
National Research Institute for Professional Development and Training of
Teachers in New Methods named after Abdulla Avloni
Phone: +998901389797
Email:
abrorabdulhamidov@outlook.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.7198429
Annotatsiya: Ushbu tezisda ta’lim sifatini yaxshilashda
boshqaruv tizimini
yaxshilash va uni yanada takomillashtirish omillari, hamda jamiyatimizda ta’lim
tizimini tubdab isloh qilishi masalasi haqida ma’lumot beriladi.
Kalit so’zlar: tizim, rektor, malaka oshirish,
boshqaruv apparati, ta’lim,
tarbiya, maqsad.
Bugungi kunda ma’lumki ta’lim tashkilotlarini boshqarish bilan dolzarb
muammolar yuzaga kelgan. Ta’lim sifatini oshirish uchun e’tiborni avvalo tizimga
qaratish kerak.
Ta’limda boshqaruvga doir mummolarning
vujudga kelishining asosiy
sabablaridan biri , jamiyat hamda iqtisodiyotning keskin o’zgarib borishida. Qisqa
qilib aytganda zamonaviy sharoitda eskicha boshqaruv tizimi bilan qolib ketish
bu eng asosiy va katta muammolardan biri. Yuqoridagi muammolarni bartaraf
etish uchun dastlab boshqarish sohasida malaka oshirish
yoki kadrlarni qayta
tayyorlashdan o’tkazish kerak.
Xususan bugungi zamon talablariga ko’ra ta’lim muassasasini boshqarish
aslida murakkab jarayon hisoblanadi. Muammolarni yechimini quyidaga fikrlar
bilan yechish mumkin:
-
Boshqaruvning tarkibiy
qisimlari, maqsad va vazifalarini tog’ri tanlash;
-
Bugungi kunga qadar erishilgan yutuqlarni o’rganib chiqish va tahlil qilish;
-
Kelgusida qilinadigan
ishlarni rejalashtirish;
-
Ta’lim va tarbiya darajasini oshirishning zamonaviy usullarini tashkil qilish;
-
Jamiyatimizda tubdan isloh qilingan ta’lim tizimini yaratish;
Avvalo boshqaruv ma’lum bir maqsadga qaratilgan bo’lishi kerak. Insonning
har qanday faoliyatining yo’nalishini, xarakterini uning ko’zlagan
maqsadi
belgilaydi. Maqsad esa huddi qonundek ong ostiga ta’sir qilib, harakatning sifatini
va usulini belgilaydi. Demak ko’rinib turibdiki boshqarish ham inson faoliyatining
o’ziga xos sohasidir. Yuqoridagi fikirlarning mohiyati shundaki,
boshqarishda
maqsadni to’g’ri, aniq belgilash uning natijasining samarador va yuqori bo’lishiga
turtki bo’ladi. Quyidagi fikirlarga e’tiborni qaratsak:
-
boshqarish bo’g’inlarida aniq maqsadni belgilash umumiy tizim maqsadini
aniqlashga asos bo’ladi;