Moliyaviy nazoratni tashkil etish. Reja



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix19.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#117121
1   2   3   4   5   6   7   8
Moliyaviy nazoratni tashkil etish.

Moliyaviy nazorat bu maxsus shakl va uslublarni qo‘llash orqali xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar va boshqaruv organlarining moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq 
bo‘lgan masalalarni tekshirishga qaratilgan harakatlar va taftishlar yig‘indisidir.
Moliyaviy nazorat - bu moliyaviy tekshirish va u bilan bog‘liq bo‘lgan 
masalalar harakatini va muomalasini majmui bo‘lib, xo‘jalik subyektlari faoliyatini 
va boshqarishni o‘ziga xos usullar va shakllar yordamida tashkil etish.


Moliyaviy nazorat tizimi subyektlar (nazorat qiluvchilar), obyektlar (nazorat 
qilinuvchilar), nazoratning usul va vositalarini birgalikda jamlab, o‘z ichiga oladi. 
Ular nazorat obyektining holatini, ijroning kutilgan natijalarini aniqlash, ularni 
tahlil qilish va baholash, tuzatish kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar yo‘sinini 
ishlab chiqish uchun yaxlit uyg‘unlikda hamkorlik qiladi.
Moliyaviy nazorat - tarmoqlar iqtisodiyotidagi nazoratning tarkibiy qismi 
bo‘lib, u qiymat kategoriyasi bilan bog‘liqdir. Moliyaviy nazorat ma’lum bir 
sohalarda qo‘llanilib, o‘ziga xos maqsadli yo‘nalishga ega bo‘ladi. Moliyaviy 
nazoratning obyektiga moliyaviy resurslarning harakati, shakllanishi hamda 
foydalanishdagi taqsimlash va pullik jarayonlar shuningdek, tarmoqlar 
iqtisodiyotining barcha bo‘g‘inlaridagi fond shaklidagi pul resurslari ham kiradi.
Bevosita tekshirish predmetlari esa, moliyaviy (qiymat) ko‘rsatkichlar 
tarkibiga kiruvchi foyda, daromad, bevosita va bilvosita soliqlar, rentabellik, 
mahsulot tannarxi, muomala xarajatlari, turli xil maqsadlar va fondlarga ajratmalar 
hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichlar uyg‘unlashgan xarakterga ega bo‘ladi, shuning 
uchun nazorat xo‘jalik yurituvchilarning ishlab chiqarish, xo‘jalik yuritish, tijorat 
hamda moliya-kredit mexanizmidagi o‘zaro bog‘liqlikni barcha tomonlarini 
qamrab oladi.
Moliyaviy nazorat quyidagi tekshirishlarni o‘zida aks ettiradi: 
- obyektiv iqtisodiy qonunlar talabiga rioya etish; 
- milliy daromad va yalpi ijtimoiy mahsulot qiymatini taqsimlash va qayta
taqsimlashdagi optimallikni ta’minlash; 
- davlat budjeti daromadlarini tashkil etish va ijrosi (budjet nazorati)ni 
ta’minlash; 
- korxona, tashkilot va budjet muassasalarida moliyaviy, mehnat va moddiy 
resurslardan samarali foydalanish; 
- xo‘jalik subyektlarining moliyaviy holati va soliq nazorati.
Moliyaviy nazoratning oldida hal qilinishi lozim bo‘lgan quyidagi vazifalar 
turadi: 



tarmoqlar iqtisodiyotidagi pul daromadlari va fondlari bilan moliyaviy 
resurslarga bo‘lgan talab o‘rtasidagi mutanosiblikka ta’sir o‘tkazish; 

davlat budjeti oldidagi moliyaviy majburiyatlarni o‘z vaqtida va 
to‘liqligicha bajarilishini ta’minlash; 

moliyaviy resurslarni yuksaltirishda ichki ishlab chiqarish rezervlarini 
aniqlash; 

tannarxni pasaytirish hisobiga rentabellikni oshirish yo‘llarini ko‘rsatish; 

xo‘jalik subyektlarining pul resurslari va moddiy boyliklarini maqsadga 
muvofiq obyektlarga sarflashga ta’sir qilish, shuningdek, buxgalteriya hisobi va 
hisobotini to‘g‘ri yurgizish; 

harakatdagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga rioya qilishni 
ta’minlash, shuningdek, turli xil mulk shaklidagi korxonalarni soliqqa tortish 
mexanizmini takomillashtirish uchun takliflar berish; 

korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyati va valyuta operatsiyalaridan 
yuksak iqtisodiy samara olishga shart-sharoit yaratish va shu kabilar.
Moliya intizomiga rioya qilish uchun moliyaviy nazorat korxona, tashkilot 
va muassasalar javobgarligi bilan uzviy bog‘liqlikda bo‘ladi. Bunday javobgarlik 
moliya intizomini buzgan shaxsga nisbatan, ham ma’muriy ko‘rinishda, ham 
iqtisodiy usulda bo‘lishi mumkin, iqtisodiy usul bilan ta’sir ko‘rsatish muayyan 
moliyaviy jazo choralari (sanksiyalari) orqali amalga oshiriladi.
Moliyaviy javobgarlikni kuchaytirish, bir tomondan, moliyaviy nazoratning 
ta’sirini yuksaltirishda qo‘llanilayotgan moliyaviy sanksiyalar miqdorini 
kamaytirishni talab qilsa, ikkinchi tomondan, ularning samaradorlik darajasini 
oshirishni talab etadi.
Moliya pul munosabatlarining alohida usullari yordamida kengaytirilgan 
takror ishlab chiqarish, taqsimlash, muomala va iste’molning barcha bosqichlarini 
namoyon qiladi.
Moliyaning nazorat funksiyasini mavjudligi o‘z o‘rnida moliyaviy nazorat 
mavjudligini keltirib chiqarmaydi, u tegishli davlat organlarining muhim tashkil 
etuvchi faoliyatini taqazo etadi.


1. Moliyaviy nazorat - kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda moliyani 
muhim rolining bir ko‘rinishidir.
2. 
Moliyaviy 
nazorat 
davlat 
boshqaruv 
organlari 
faoliyatining 
ko‘rinishlaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi.
3. Moliyaviy nazorat - boshqaruvning tartibga solish, rejalashtirish, hisob-
kitob va xo‘jalikni yurituvchi subyekt faoliyatining tahlili singari mustaqil 
vazifasidir.
4. Taqsimlash munosabatlari orqali moliyaviy nazorat ishlab chiqarish, 
ayirboshlash, muomala va iste’mol munosabatlariga tatbiq etiladi.
Moliyaviy 
nazorat 

moliyaviy, kredit va xo‘jalik organlari 
(tashkilotlari)ning rejalarning bajarilish jarayonida moliyaviy, budjet, soliq, kredit, 
hisob-kitob va kassa intizomini ta’minlashga qaratilgan va pul xarajatlarining 
qonuniyligi, asosliligi va oqilonaligini tekshirishdan iborat qonun me’yorlari bilan 
tartibga solinuvchi faoliyatidir.
Moliyaviy nazoratning vazifasi yo‘l qo‘yiladigan chetga chiqish 
me’yorlarini malakali belgilashdan iborat, qolgan barcha chetga chiqishlarni qayd 
etish va bartaraf qilish talab qilinadi. Boshqaruvning ichki va tashqi xo‘jalik 
jarayonlarini kuzatish, tekshirishni amalga oshirar ekan, nazorat bozor 
iqtisodiyotida, bu harakatlarning hammasi faqat samarali boshqarish uchun foydali 
bo‘lgandagina mavjudlik huquqiga egadir.
Moliyaviy nazorat deganda nazorat vazifalari yuklatilgan davlat va jamoat 
organlarining korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning moliya-xo‘jalik 
faoliyatini iqtisodiy samaradorligini holis baholash maqsadi bilan bu faoliyat 
ustidan nazoratning ko‘p tomonlama tarmoqlardagi tizimini, xo‘jalik va maqsadga 
muvofiqligini aniqlashni hamda davlat budjeti daromadlarining rezervlarini 
aniqlashni tushunmoq kerak.
Keltirib o‘tilgan ta’riflar tahlili nazoratning eng muhim jihati – og‘ishlarni 
qayd qilish va baholash xulosalaridan iboratligi xususida xulosa chiqarish imkonini 
beradi. Bu, fikrimizcha, nazoratning mohiyatini belgilab beradi.
Og‘ishlarni qayd qilish uchun:


– qonun nuqtai nazaridan nazorat qilinayotgan obyektning ruxsat etilgan 
holati va kutilgan daraja va xatti-harakati yo‘l qo‘yiladigan daraja bilan 
qiyoslanadi;
– harakatlar, xarajatlar, natijalar, standartlar, rejalashtirilayotgan yoki zarur 
ma’lumotlar bilan qiyoslanadi;
– qo‘llangan va huquqiy cheklashlar bilan amalga oshirilgan harakatlar 
qiyoslanadi;
– kutilayotgan va haqiqiylari oqilona va maqsadga muvofiqlari bilan 
qiyoslanadi; 
– boshqa qiyoslashlar ham amalga oshiriladi.
Nazoratning mohiyati va nazorat qiluvchi shaxsning ish usuli shundan iborat.
O‘tkazilgan qiyoslashlardan ish manfaatiga xizmat qiladigan va hatto 
aybdorlarni jazolash uchun baholash xulosalari chiqarish nazoratni boshqarishning 
boshqa vazifalaridan farqlaydigan maqsadi shu.
Shunday qilib, moliyaviy nazorat - davlat tomonidan tashkil etishni nazorat 
qilish vazifalari yuklatilgan davlat yoki mustaqil jamoat organlari tomonidan 
hukumat, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar faoliyatining samaradorligini 
aniqlashga qaratilgan nazorat tizimidir. Davlat budjetini shakllantirish va 
sarflashdagi rezervlarni, moliyaviy va moddiy resurslarni boshqarishning barcha 
darajalarida operatsiyalarning maqsadga muvofiqligi va samaradorligini, 
qonuniylik tamoyillaridan chetga o‘tish va ularni buzishlarni aniqlash nazorat 
tizimi vazifasiga kiradi.
Nazorat maqsadi - tuzatish choralarini ko‘rish, aybdorlarni javobgarlikka 
tortish va bularning oldini olishdan iborat.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin