dasturga bog‘liq holda), bizning nazarimizda, komplekslilik mezoniga javob
beradi.
Korxona, tashkilot moliya-xo‘jalik (tadbirkorlik tijorat) faoliyatining ayrim
bo‘limlari (qism, uchastkalari) holatini tekshirish mavzuli tekshirish deb ataladi.
Masalan, moddiy boyliklar (asosiy vositalar yoki nomoddiy aktivlar)ning
saqlanishi va ulardan
foydalanishni tekshirish, moliyaviy natijalar aniqlanishining
to‘g‘riligini tekshirish va boshqalar.
Kompleks yoki mavzuli (operatsiya) tekshirishni o‘tkazish chog‘ida hujjatlar
yalpi yoki tanlab tekshirilishi mumkin. Yalpi tekshirish chog‘ida nazoratdan
o‘tkazilayotgan davr mobaynidagi dastlabki hujjatlar hisob registrlari va hisobotlar
tariqasida rasmiylashtirilib amalga oshirilgan barcha operatsiyalar mazmuni ko‘rib
chiqiladi. Tanlab tekshirishda tekshirib chiqilayotgan davrdagi operatsiyalarniig bir
qismi (masalan, har bir oyda ketma-ket yoki har qaeridan bir necha kun) qamrab
olishni nazarda tutiladi. Agar tanlab tekshirish chog‘ida suiste’mol qilish,
ko‘zbo‘yamachilik
aniqlansa, u holda yalpi tekshirishga o‘tish lozim. «To‘liq
tekshirish» yoki «qisman tekshirish» atamalari hujjatlar asosidagi yoki faktik
nazorat usullariga taalluqli. Ro‘yxatta olishni o‘tkazishda barcha moddiy
boyliklarning saqlanganligini tekshirish bilan to‘liq qamrab olish mumkin.
Shunday qilib, boshqaruv tizimidagi subyektlarning maqomi va roli,
subyektlarning o‘zi, nazorat
amallarini bajarish vaqti, manbalari, tekshirish bilan
qamrab olish hajmi va to‘laligi moliyaning nazorat usulini tasniflash uchun asos
bo‘lib xizmat qiladi.
Yuzaga kelgan murakkab sharoitda moliyaviy
nazoratni ishonchli va
samarali mexanizmida davlat hukumat organlari bilan boshqaruv organlarining
kelishilgan va birdamlik asosida faoliyat olib borilishi lozim. Bu organlarning har
birini faoliyatidagi vazifalari, belgilangan kompetensiyalari,
ish usullari
O‘zbekiston Respublikasini qonunlarida belgilanib, ular doirasida olib boriladi.
Shuning bilan bir qatorda, ishning murakkabligi va ko‘p qirraligini inobatga olgan
holda, davlatni iqtisodiy ahamiyatini himoya qilinishi, ayrim vaziyatlarda,
birlashgan kuchni
yoki boshqacha qilib aytganda, o‘zaro bog‘langan faoliyatini
quyidagi 3 asosiy yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilishi kerak:
• moliyaviy qonun buzilishini aniqlash va bartaraf qilish;
• davlatga moliyaviy zararni qonun bilan belgilangan soliqlar, penyalar,
jarimalar va boshqa sanksiyalar yordamida moddiy qoplashni ta’minlash;
• moliyaviy qonun buzishni oldini oladigan profilaktik
chora-tadbirlarni
o‘tkazish;
Moliyaviy nazorat moliyani nazorat funksiyasini amalga oshirish uchun
asosiy usul bo‘lib, uni vazifalarini va maqsadini belgilab beradi. Shuning bilan bir
qatorda nazoratning mazmuni, uning yo‘nalishini o‘zgarishi, ishlab-chiqarish
kuchlarini rivojlanish darajasiga va jamiyatni ishlab-chiqarish
munosabatlariga
bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: