barcha darajalarida davlat mablag‘lari samarali va tejab sarflanishini tekshirishga
yo‘naltirilishi kerak.
Davlat hokimiyati, birinchi navbatda, qonun chiqaruvchi organlar
va ijroiya
hokimiyati organlari va nazorat qilish vakolatiga ega bo‘lgan boshqaruv organlari
budjet-moliya nazoratining subyektlari sifatida ishtirok etadilar. O‘zbekistonda bu
Oliy Majlis, Prezident devoni, Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq
qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Markaziy bankdir.
Davlat moliyaviy resurslarini boshqarish – jamiyat oldidagi ulkan mas’uliyat, shu
sababli budjet–moliya nazorati boshqaruvning zaruriy elementi bo‘lishi shart.
Budjet-moliya nazorati – davlat nazoratining asosiy turidir.
Budjetning daromad va xarajat qismlarini tekshirish vazifasi faqat budjet-moliya
nazoratiga xos bo‘lib, u moliyaviy nazoratning mohiyatini g‘oyat yorqin aks
ettiradi. Hozirgi kunda davlat budjeti oldida turgan vazifalarni qay darajada amalga
oshirilishi, moliyaviy nazorat tizimining qay darajada shakllanganligi bilan
belgilanadi.
Shuningdek, davlat budjet mablag‘laridan foydalanishda huquqiy tartiblarga rioya
etilishini kuzatib borish, amalga oshirilayotgan moliyaviy harakatlarning iqtisodiy
asoslanganligi va samaradorligini bu harakatlarning
davlat oldida turgan
vazifalarga muvofiq kelishini moliyaviy nazoratini olib borish iqtisodiy
sharoitlardan kelib chiqmoqda.
Davlat moliyaviy nazorati davlatning moliyaviy siyosatini amalga oshirilishiga, budjet
mablag‘laridan samarali foydalanish sharoitlarini yaratishga ko‘maklashadi. Birinchi
navbatda u
barcha darajadagi budjetlarning va budjetdan tashqari fondlarning
tuzilishi, ko‘rib chiqilishi, tasdiqlanishi va ijrosi ustidan, korxonalar va tashkilotlar,
banklar va boshqa moliya muassasalarining moliyaviy faoliyati ustidan nazoratni
nazarda tutadi. Iqtisodiyotning nodavlat sektori ustidan
davlat moliyaviy nazorati
faqatgina ularning davlat oldidagi moliyaviy majburiyatlarini bajarilishiga, shu
jumladan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lanishi, kreditlar va boshqa
mablag‘lardan foydalanishning qonuniyligi va maqsadliligiga rioya qilinishi,
pulli
hisob-kitoblarni tashkil qilishda hukumat tomonidan o‘rnatilgan qoidalarning
bajarilishi, buxgalteriya hisobi va hisobotlarini yuritilishiga tegishlidir.
Dostları ilə paylaş: