Mavzu: falsafa uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli reja: 1



Yüklə 262,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix19.05.2023
ölçüsü262,48 Kb.
#117397
1   2   3   4   5   6   7   8
Turgunov Sh

Dunyoqarashning mohiyati. Ayni shu davrdan boshlab insonning ancha 
rivojlangan dunyoqarashi shakllangani haqida va umuman to„plangan bilimlar, 
amaliy ko„nikmalar, vujudga kelgan qadriyatlar, o„zi va o„zini qurshagan dunyo 
haqidagi tasavvurlar majmui sifatidagi odamlar dunyoqarashi to„g„risida ishonch 
bilan so„z yuritish mumkin.
Hayot tajribasi va empirik bilimlar asosida shakllanadigan dunyoqarash 
oddiy dunyoqarash deb ataladi va insonning dunyo haqidagi tasavvurlarining 
tizimsiz majmui sifatida amal qiladi. U har qanday dunyoqarashning negizi 
hisoblanadi va odamlarga kundalik hayoti, faoliyatida yo„l ko„rsatib, ularning xulq-
atvori, aksariyat qilmishlarini belgilab, muhim regulyativ funksiyani bajaradi.
Keng ma‟noda, dunyoqarash – insonning o‘zini qurshagan borliqqa va 
o‘z-o‘ziga nisbatan yondashuvlar tizimi, shuningdek uning mazkur yondashuvlar 
bilan belgilangan hayotiy ideallari, e’tiqodlari,, bilish va faoliyat tamoyillari, 
qadriyat va mo‘ljallaridir.
Shu tariqa ta‟riflanadigan dunyoqarash faqat insonga xos bo„lib, bu unda 
shakllangan ong va oqilona faoliyat mavjudligi bilan bog„liqdir. Bunda inson 
nafaqat tushunchalar yaratish va mulohaza yuritish, xulosalar chiqarish va 
qoidalarni ta‟riflash qobiliyatini kasb etadi, balki tayyor bilimdan yangi bilim olish 
uchun foydalana boshlaydi. Insonning bunday faoliyatini, uning ijodiy faolligini 
tavsiflovchi aql odamzot va jamiyat evolyusiyasini jadallashtirishning qudratli 


omiliga aylanadi hamda pirovardda insonni hayvondan ajratish imkonini beruvchi 
asosiy belgi sifatida amal qiladi.
Dunyoqarashda ijtimoiy muhitning roli. Aql paydo bo„lishi bilan inson 
o„zini fikrlovchi mavjudot sifatida anglay boshlaydi, unda o„z «meni» va o„zgalar 
haqida tasavvuri shakllanadi va rivojlanadi. Shu tariqa u o„zini va o„zini qurshagan 
borliqni anglaydi, o„zi va boshqa odamlarni, o„zi va tashqi muhitni farqlaydi, ilgari 
o„ziga ma‟lum bo„lmagan dunyoning yangi va yangi jihatlarini idrok etadi. Bunday 
qarashlar insonning o„zi va o„zini qurshagan borliq haqidagi tasavvurlari majmui 
sifatida shakllanadigan dunyoqarash negizini tashkil etadi. Bunda inson o„ziga 
ma‟qul va noma‟qul narsalarni farqlaydi, baholar beradi, ustuvorliklar tizimini 
yaratadi va muayyan maqsadlarga erishishda tegishli tarzda ish ko„radi.
Demak, dunyoqarashda bilish, qadriyatlarga munosabat va xulq-

Yüklə 262,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin