Dunyoni tushunish –
insonning va uni qurshagan dunyoning mohiyatini
aniqlash, shuningdek tabiatda yuz beruvchi voqea va jarayonlarning o‘zaro
aloqalarini tushunishga qaratilgan aqliy-bilish faoliyatidir.
Dunyoni sezish va qisman (elementar shakllarda) dunyoni idrok etish
nafaqat insonga, balki hayvonlarga ham xos bo‘lsa, dunyoni tushunish esa faqat
odamlarga xos xususiyatdir.
Dunyoqarashning tarixiy shakllari. Turli
davrlar bilishni yanada
teranlashtirdi va inson dunyoqarashini kengaytirdi. Shunga mos ravishda oddiy
(empirik) dunyoqarash ham boyib bordi, uning negizida o„zini o„zi
tashkil etish
qonunlariga muvofiq yanada murakkabroq tuzilmalar asta-sekin shakllandi va bu
pirovard natijada dunyoqarashning alohida shakllari yoki,
tarixiy tiplari
farqlanishiga olib keldi.
Tarixan dunyoqarashning dastlabki shakllari mif va din, falsafa va fan
bo„lib, bu hol insoniyat tadrijiy rivojlanishining
umumiy mantiqi bilan
mushtarakdir. Ko„nikmalar, tajriba va oddiy bilimlar to„planishiga qarab, nafaqat
ularni avloddan avlodga o„tkazish muammosi yuzaga kelgan, balki ibtidoiy
odamlarning dunyoqarashi ham murakkablashib borgan.
Bu dunyoqarash
rivojlanishining muayyan bosqichida, to„plangan bilimlarning «yuqori bosqichiga»
yetilgach, boshqa har qanday murakkab tizimda bo„lganidek, dunyoqarashda ham
o„zini o„zi tashkil etish qonunlari amal qila boshlagan.
Masalan, bu hodisaning mohiyatini yaxshiroq tushunish uchun shaxsiy
kutubxonada kitoblar yig‘ilishi bilan bog‘liq misolga murojaat etish o‘rinli
bo‘ladi. Mazkur kutubxonada kitoblar bir nechta bo‘lsa, ularni tizimga solish talab
etilmaydi, ular qayerda yotgani va ularning o‘zaro munosabati qandayligi ham
ahamiyat kasb etmaydi. Kutubxona hajmi o‘nlab kitoblar bilan o‘lchangan
taqdirda esa, ulardan foydalanishga qulaylik yaratish uchun kitoblarni muayyan
tarzda joylashtirish, tizimga solish talab etiladi. Kitoblar soni qancha ko‘p bo‘lsa,
ular bilan ishlash shuncha oson va qulay bo‘lishi uchun ularni tasniflash, tartibga
solish, ruknlarga ajratish tizimi shuncha murakkab bo‘ladi.
Ibtidoiy odamlarning ancha rivojlangan dunyoqarashida o„zini o„zi tashkil
etish qonunlariga muvofiq ayni shunday tartiblilik dastavval mif hamda dinning ilk
shakllari ko„rinishida vujudga keldi.
Dostları ilə paylaş: