Mavzu: falsafa uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli reja: 1


Hozirgi dunyoda falsafaning ahamiyati



Yüklə 262,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix19.05.2023
ölçüsü262,48 Kb.
#117397
1   2   3   4   5   6   7   8
Turgunov Sh

Hozirgi dunyoda falsafaning ahamiyati. Bugungi kunda, tezliklar va 
yuksak texnologiyalar asrida falsafa kerakmi, u eskirgani yo„qmi? Uzluksiz 
axborot oqimi va surunkali vaqt tanqisligi sharoitida muayyan bilim falsafani siqib 
chiqarmaydimi? Bunday savollar mutlaqo o„rinlidir, lekin ularga javobni hayotning 
o„zi beradi, u hozirgi zamon odami oldiga ko„p sonli, shu jumladan ilgari hyech 
qachon mavjud bo„lmagan, butunlay yangi falsafiy muammolarni qo„yadi.
Jahon hamjamiyati III ming yillikning boshlanishini, biosfera holati va 
yerda hayotning davom etishi uchun o„z javobgarligini tobora teranroq anglagan 
holda qarshi oldi. Ayni shu sababli insonning barkamol rivojlanishi, odamlar, 
xalqlar o„rtasida, shuningdek jamiyat va tabiat o„rtasida insoniy, yaxshi 
qo„shnichilik munosabatlarini o„rnatish masalalari azaliy falsafiy mavzular bilan 
bir qatorda falsafiy tadqiqotlarda birinchi o„ringa chiqmoqda. Shu munosabat bilan 
faylasuflar avvalo yer yuzida ta'limning holati va rivojlanish darajasidan qattiq 
tashvishda ekanliklarini bildirmoqdalar. Ko„pgina faylasuflar fikriga ko„ra, hozirgi 
muammolarning aksariyati zamirida aynan qoniqarsiz ta'lim va lozim darajadagi 
tarbiyaning yo„qligi yotadi. Bu muammolarni yechishda falsafa ham o„z rolini 
o„ynashi lozim.


Falsafa dunyoni anglash usuli sifatida. Bugungi kunda nafaqat ayrim 
xalqlar, balki butun jahon hamjamiyati falsafaga, o„zining hayotdagi o„rni va 
vazifasini falsafiy anglab yetishga ayniqsa muhtojdir. 
Falsafa real hayot bilan uzviy bog„liq va doim inson borlig„ining eng 
muhim muammolarini anglab yetishga qarab mo„ljal oladi. Ayni shu sababli 
hozirgi davrning muhim muammosi – globallashuv va uni falsafadagi butunlay 
yangi mavzu sifatida falsafiy anglab yetish muhim ahamiyatga ega. Falsafa 
predmeti va muammolarini muhokama qilishda alohida diqqatga loyiq bo„lgan 
boshqa bir mavzu insonni shaxs sifatida tarbiyalash va kamol toptirishda 
falsafaning roli va ahamiyatidir.
Hozirgi zamon faylasuflari bunday muammolarni yechish ustida ishni 
davom ettirar ekanlar, “Falsafa nima? U kimga va nima uchun kerak?”, 
“Falsafaning vazifasi nimadan iborat?”, “Falsafadan qanday, qaysi yoshdan va 
nima maqsadda tahsil berish lozim?” qabilidagi bir qarashda allaqachon o„z 
yechimini topgan masalalarni yana kun tartibiga qo„ymoqdalar. Bu haqda ko„p va 
atroflicha so„z yuritilgan jahon kongresslari dunyoda falsafa predmetiga, 
shuningdek u ijtimoiy rivojlanishga izchil ta'sir ko„rsatishga qodir yoki qodir 
emasligiga, agar qodir bo„lsa, buni u qay tarzda amalga oshirishi mumkinligiga 
nisbatan yagona yondashuv avvalgidek mavjud emasligini tasdiqlaydi. Fikrlarning 
bunday rang-barangligi, yuqorida qayd etib o„tilganidek, falsafaning o„ziga xos 
xususiyati, ya'ni u fikrlar plyuralizmi, har xil fikrlash imkoniyati bor joydagina 
mavjud bo„lishi mumkinligi bilan belgilanadi.
Falsafaning unga yaxlit ta'limotga aylanish va tilning birligiga, umumiy 
qonunlar va metodologiyaga tayanish imkonini bermaydigan bu kamchiligi ayni 
vaqtda, u fanlararo kompleks muammolarni yechish talab etiladigan murakkab 
tizimlar bilan ish ko„rgan holda uning afzalligiga aylanadi. 
Quyidagilar hozirgi vaqtda insoniyat uchun eng muhim fanlararo kompleks 
muammolar hisoblanadi: barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta'minlash; 


ekologiya muammolari; jamiyat hayoti barcha jabhalarining globallashuvi. Bu 
muammolarni falsafiy nuqtai nazardan anglab yetish alohida ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 262,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin