Page 1108 Mahkamasining 2017 yil 6 apredagi 187-sonli “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” Qarorining qabul
qilinishi va uning ijrosini ta’minlashni keltirib chiqardi. Xususan, ta’lim metodlarini
takomillashtirish sohasidagi asosiy yoʻnalishlardan biri interfaol ta’lim va tarbiya
usullarini joriy qilishga e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf matematika
darslarini o‘qitish jarayonida interfaol usullardan foydalanish o‘quvchilarning fanga
bo‘lgan qiziqishini oshirib samarali natijalarga olib kelmoqda. Interfaol metodlarni
qoʻllash natijasida oʻquvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish,
oʻz fikrini bayon qilish, o‘z faoliyatini boshqara olish, sogʻlom muloqot, munozara,
bahs olib borish koʻnikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Interfaol metodlarning pedagogik-psixologik asosi konstruktivizm nazariyasi
(Dj.Dyui), bola intellektining rivojlanishi (J.Piaje), eng yaqin rivojlanishi sohasi
(L.S.Vigotskiy), intelektning koʻp turliligi (G.Gardner) hamda yuqorida bayon etilgan
oʻquv maqsadlari taksonomiyasi (B.Blum) haqidagi ma’lumotlardan iborat boʻlib, ularni
bilish va amalda foydalanish har bir oʻqituvchiga oʻz pedagogik mahoratini
takomillashtirish uchun zarur. Interfaol metodlar XXI asr ta’limida o‘qitish sifatini
yaxshilash, samaradorligini ta’minlashning muhim vositalaridan biridir. Adabiyotlar
tahlili shuni ko‘rsatdiki, interfaol metodlar ilk bor XX asrning 20-yillarida
qo‘llanilganligidan dalolat beradi. O‘tgan asrning 60-yillarida V.A.Suxomlinskiy, 70-
80-yillarida Sh.A.Amonashvili, V.F.Shatalova, Ye.N.Ilina va boshqa olimlar tomonidan
ta’lim jarayoniga interfaol metodlarni samarali qo‘llash borasida ilmiy izlanishlar olib
borilgan.
Lug‘aviy jihatdan “interfaol” (inglizcha “interact” soʻzidan olingan boʻlib, “inter” -
“oʻzaro”, “act” – “harakat qilmoq”, “ish ko‘rmoq”) tushunchasi “oʻzaro, birgalikda
harakat qilmoq” ma’nosini anglatadi.
Interfaol ta’lim (lot. “internus” ichki, o‘zaro) – o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma,
malaka va kompetensiyalarini rivojlantirish yo‘lidagi o‘zaro hamkorlikdagi harakatga
asoslangan ta’lim.
Interfaol metod – bu jamoa boʻlib fikrlash deb yuritiladi, ya’ni pedagogik ta’sir
koʻrsatish usullari boʻlib, ta’lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu
usullarning oʻziga xosligi shundaki, o‘qituvchi, o‘quvchi va oʻquvchilar guruhi o‘rtasida
yuzaga keladigan hamkorlik, qizg‘in bahs-munozaralar, o‘zaro fikr almashish egalik
asosida tashkil etiladi.
Interfaol metod – ta’lim jarayonida oʻquvchilar hamda oʻqituvchi oʻrtasidagi
faollikni oshirish orqali oʻquvchilarning bilimlarni oʻzlashtirishni faollashtirish, shaxsiy
sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qoʻllash dars
samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta’limning asosiy mezonlari: