10
1.1.4
- chizma
TURIZMNING RAQOBAT JIHATDAN USTUNLIKLARI
DETERMINANTLARI
Turizm raqobat ustunliklariga erishishi uchun
barcha ushbu determenentlar
o‘zaro hamkorlik qilishi lozim (M. Porterning ta‘riflashishicha – milliy romb.).
Faqatgina o‘zaro hamkorlik qiluvchi va bir – birini kuchaytiruvchi
determinantlarning butun tizimi bo‘yicha ustunlik turizmda xizmatlar chiqarishning
muvoffaqiyati uchun zamin hisoblangan va undan
xorijiy raqobatchilar nusha
ko‘chirishi yoki uni yo‘q qilishi qiyin bo‘lgan (yohud hatto mumkin bo‘lmagan)
muhitni shakllantiradi.
Agar ―Omillar uchun shart - sharoitlar‖ determinantini ko‘rib chiqadigan
bo‘lsak, shuni ta‘kidlash lozimki, ishlab chiqarish omillari nazariyasi bo‘yicha
mahsulot aylanishining oqimi xizmat ko‘rsatishning
tabiiy resurslar, sarmoya,
infratuzilma kabi omillarni belgilab beradi. Xususan, mamlakat jahon bozoriga
ularni xizmat ko‘rsatishning ortiqcha omillariga asoslangan
tovarlarni yetkazib
beradi.
Xo‘jalik ahvolini maqbullashtirish va diversifikatsiya qilish, xalqaro turizm
tizimi hamda global strategiyalarni amalga oshiruvchi yuqori texnologik xorijiy
kompaniyalarning ishlab chiqarish zanjiriga faol integratsiyalashish, eksportdan
olinadigan daromadlarni ishlab chiqarishni texnik va
texnologik yangilash va
ishlab chiqarish jamg‘armalari uchun sarflash – bular O‘zbekiston
raqobatbardoshlikning mazkur determinantini rivojlantirishi mumkin bo‘lgan
yo‘llardir. Milliy darajadagi raqobatbardoshlik, Maykl Porterning ta‘kidlashicha,
bu mehnat unumdorligini muntazam ixtirolar yaratish jarayonlari va
innovatsiyalarni joriy etish orqali raqobatchilarga nisbatan doimiy ravishda
yuqori
saqlab turishdir.
Maykl Porter raqobatbardoshlikning to‘rtta asosiy bosqichini ajratadi:
• Ishlab chiqarish omillari bosqichi, bunda mamlakat tabiat resurslari yoki
arzon inson resurslariga tayanadi (xom ashyo iqtisodiyoti);
11
• Investitsiyalar bosqichi, bunda asosiy urg‘u milliy investorlar
tomonidan
samarali moliyaviy mablag‘larga beriladi (pul siyosati);
• Yangiliklar bosqichi, milliy kompaniyalarning faol navatorlik faoliyati bilan
yuz beradi (innovatsiyalar iqtisodiyoti);
• Boyliklar bosqichi – ijtimoiy – iqtisodiy boyliklarni to‘plash (innovatsion
iqtisodiyotning yangi pog‘onasiga o‘tish)
Mohiyati bo‘yicha, dastlabki uchta bosqichda mamlakatda iqtisodiy o‘sish
kuzatiladi, oxirgisida esa uning raqobatbardoshligi pasayib ketadi va
oqibatda,
iqtisodiyotda inqiroz holati yuzaga keladi. Biroq bunda bir bosqichdan ikkinchisiga
o‘tish turli inqirozlar bilan birga kelishini ham ta‘kidlash kerak.
Porter o‘z nazariyasini AQSH sharoitlarida olib borilgan tadqiqotlar
asosida
yaratganini quyidagilar orqali anglash mumkin: klasterni rivojlantirishda o‘z
kuchiga tayanish, ichki bozorning kuchli ta‘siri, tashqi globalizatsiya
jarayonlarining, xususan, transmilliy korparatsiyalarning kuchsiz ta‘siri.
1.1.5 - chizma
Dostları ilə paylaş: