13
Manba: Ma‘lumotlar asosida muallif ishlanmasi.
Ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotning muhim yo‘llaridan biri mamlakatimizning
turistik salohiyatidan samarali foydalanishiga ham bog‘liqdir. Bu sohaning
qonuniy va moddiy texnik asosi yaratiladi. 1992 – yilda ―O‘zbekturizm‖
Milliy
kompaniyasi tashkil etildi, 1995 – yilda O‘zbekiston 2005 – yilgacha turizmni
rivojlantirish bo‘yicha Davlat dasturi qabul qilindi. Ammo,
bizningcha bu soha
bo‘yicha mavjud salohiyatidan yetarlicha foydalanilmayapti. Chunki uning
rivojlanish tendensiyas, turistik salohiyatdan samarali foydalanish yo‘llari, uni
tashkil qilish,
boshqarishni takomillashtirish, raqobatbardoshligini baholash kabi
masalalari nazariy va amaliy jihatdan chuqur o‘rganilgan emas.
Bozor munosabati sharoitida, turizm sohasida ham erkin raqobat hukm suradi.
Bu sohaning raqobatbardoshligiga nafaqat ichki, balki ko‘p
hollarda ichkidan
tashqari tashqi omillar ham yetarli darajada ta‘sir qiladi. Shu tufayli, ush bu
sohaning raqobatbardoshligiga
baho berishda, ularni ifodalovchi ko‘rsatkichlar
tizimi ishlab chiqishda ichki omillar bilan birga tashqi omillarni ham inobatga olish
lozim.
Turizm sohasida raqobatbardoshlikni aniqlash uchun ikki jihatdan
yondashmoq lozim. Birinchidan, ush bu soha o‘ziga foyda keltirishni ta‘minlasa,
14
ikkinchidan esa u davlatga ham katta foyda bo‘lishi lozim.
Shu ikki jihatga
erishilsa, tabiiyki, u aholiga ham, ayniqsa, ularni ish bilan ta‘minlash
orqali
daromadlarini ko‘paytirishga ham xizmat qiladi. Agar ush bu talabdan kelib
chiqadigan bo‘lsak, turizm sohasida raqobatbardoshlikni ifodalash uchun quyidagi
uch guruhdan iborat ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanishni maqsadga muvofiq deb
hisoblaymiz:
1.1.6 – chizma
Dostları ilə paylaş: