900 birlikdan oshgan, jumladan, 400 dan ziyod mehmonxona xo`jaliklari va 500
ta turistik kompaniyalar faoliyat yuritib kelmoqda.
Vatanimiz boy qadimiy va salobatli tarixiy madaniy yodgorlilarga ega bo`lish
bilan bir qatorda, benazir va ko`rkam tabiiy landshaftlari, noyob va o`ziga xos flora
va faunasi, har bir fasli o`zgacha betakror bo`lgan yil mavsumlari, ta`mi bir umr
tilga qoladigan xush ta`m meva va sabzavotlari, zilol suvlari, viqorli tag`lari,
umuman o`zgacha tabiati mavjud. Bu esa o`z navbatida, yurtimizda ekoturizmni,
nafaqat ekoturizmni balki turizm sanoatini yo`lga qo`yishga katta potensial
borligidan dalolat beradi.
O‗zbеkistоn Rеspublikаsi mustаqillikkа erishgаndаn so‗ng xo‗jаlikning
bаrchа tаrmоqlаridа tub islоhоtlаr оlib bоrilаyotgаn bir dаvrdа turizmni
rivоjlаntirishgа hаm dаvlаt tоmоnidаn kаttа аhаmiyat bеrilа bоshlаndi. 1999 – yil
20 – avgustda sayyohlik faoliyatining me‘yoriy – huquqiy asoslarini
shakillantirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining ―Turizm to‘g‘risida‖ gi
qonun qabul qilindi. Soha faoliyati tartibga solinib, litsenziyalash tizimi joriy
etildi. Bu, o‘z navbatida, mamlakatimizda sayyohlik sohasining ihtisoslashuviga
keng yo‘l ochdi. Davlatimiz Prezidenti I. A. Karimov tomonidan 2006 yil 17
aprelda qabul qilingan ―O‘zbekiston Respublikasi 2006 – 2010 yillarda xizmat
ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora – tadbirlari
to‘g‘risida‖ gi qarorida xalqaro talablarga javob beradigan sayyohlik
infratuzilmasini kengaytirishga doir samarali chora – tadbirlar ko‘zda tutilgan.
Shuni ta‘kidlash o‘rinliki, O‘zbekiston bilan Jahon sayyohlik tashkiloti
o‘rtasidagi aloqalar izchil taraqqiy etmoqda. Jumladan, 2011 – yilning oktyabr
oyida Jahon sayyohlik tashkilotining Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan 19 –
sessiyasida O‘zbekiston 2011 – 2015 yillar davomida Jahon sayyihlik tashkiloti
ijroiya kengashi a‘zoligiga saylandi.
Bugungi kunda O‘zbekiston, ayniqsa, Buxoro, Xiva va Samarqand eng
mashhur sayyohlik shaharlaridir, ularda sayyohlik xizmatini tashkil etish firmalar
o‘rtasida raqobatni kuchaytirdi. O‘zbekiston madaniy, tarixiy, ekologik va
5
an‘anaviy turizmni jadal rivojlantirishda boshqa ko‘pgina mamlakatlarga
qaraganda katta potensialga egadir.
Shuning uchun, O‘zbekiston har bir milliy o‘zbek turagentliklarini shu bilan
birga turoperatirliklarini turizm sanoati bozoridagi o‘rnini yanada mustahkamlash
va shunday turistik biznes, jahon sayyohlik sanoatida sohani yanada rivojlantirish
uchun boshqaruv tizimini qurishda samarali bir usul topishda bir muammo bor.
O‘zbekiston turizm sanoatini rivojlantirishda ichki va tashqi turizmda sezilarli
o‘sishga erishish, O‘zbekiston turizmida raqobatbardoshlikni oshirish, oqibtda,
xalqaro standartlarga javob beradigan sifatli turistik xizmatlarni tegishli darajasini
ta‘minlashi mumkin.
|