Turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari



Yüklə 1,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/22
tarix19.05.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#117762
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
ro`zmetova. g. turizm sohasida raqobatbardoshlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi va turizm biznesini rivojlantirishda klaster yondashuvining roli. (kurs ishi) 2015

900 birlikdan oshgan, jumladan, 400 dan ziyod mehmonxona xo`jaliklari va 500 
ta turistik kompaniyalar faoliyat yuritib kelmoqda. 
Vatanimiz boy qadimiy va salobatli tarixiy madaniy yodgorlilarga ega bo`lish 
bilan bir qatorda, benazir va ko`rkam tabiiy landshaftlari, noyob va o`ziga xos flora 
va faunasi, har bir fasli o`zgacha betakror bo`lgan yil mavsumlari, ta`mi bir umr 
tilga qoladigan xush ta`m meva va sabzavotlari, zilol suvlari, viqorli tag`lari, 
umuman o`zgacha tabiati mavjud. Bu esa o`z navbatida, yurtimizda ekoturizmni, 
nafaqat ekoturizmni balki turizm sanoatini yo`lga qo`yishga katta potensial 
borligidan dalolat beradi. 
O‗zbеkistоn Rеspublikаsi mustаqillikkа erishgаndаn so‗ng xo‗jаlikning 
bаrchа tаrmоqlаridа tub islоhоtlаr оlib bоrilаyotgаn bir dаvrdа turizmni 
rivоjlаntirishgа hаm dаvlаt tоmоnidаn kаttа аhаmiyat bеrilа bоshlаndi. 1999 – yil 
20 – avgustda sayyohlik faoliyatining me‘yoriy – huquqiy asoslarini 
shakillantirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining ―Turizm to‘g‘risida‖ gi 
qonun qabul qilindi. Soha faoliyati tartibga solinib, litsenziyalash tizimi joriy 
etildi. Bu, o‘z navbatida, mamlakatimizda sayyohlik sohasining ihtisoslashuviga 
keng yo‘l ochdi. Davlatimiz Prezidenti I. A. Karimov tomonidan 2006 yil 17 
aprelda qabul qilingan ―O‘zbekiston Respublikasi 2006 – 2010 yillarda xizmat 
ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora – tadbirlari 
to‘g‘risida‖ gi qarorida xalqaro talablarga javob beradigan sayyohlik 
infratuzilmasini kengaytirishga doir samarali chora – tadbirlar ko‘zda tutilgan. 
Shuni ta‘kidlash o‘rinliki, O‘zbekiston bilan Jahon sayyohlik tashkiloti 
o‘rtasidagi aloqalar izchil taraqqiy etmoqda. Jumladan, 2011 – yilning oktyabr 
oyida Jahon sayyohlik tashkilotining Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan 19 – 
sessiyasida O‘zbekiston 2011 – 2015 yillar davomida Jahon sayyihlik tashkiloti 
ijroiya kengashi a‘zoligiga saylandi. 
Bugungi kunda O‘zbekiston, ayniqsa, Buxoro, Xiva va Samarqand eng 
mashhur sayyohlik shaharlaridir, ularda sayyohlik xizmatini tashkil etish firmalar 
o‘rtasida raqobatni kuchaytirdi. O‘zbekiston madaniy, tarixiy, ekologik va 



an‘anaviy turizmni jadal rivojlantirishda boshqa ko‘pgina mamlakatlarga 
qaraganda katta potensialga egadir. 
Shuning uchun, O‘zbekiston har bir milliy o‘zbek turagentliklarini shu bilan 
birga turoperatirliklarini turizm sanoati bozoridagi o‘rnini yanada mustahkamlash 
va shunday turistik biznes, jahon sayyohlik sanoatida sohani yanada rivojlantirish 
uchun boshqaruv tizimini qurishda samarali bir usul topishda bir muammo bor. 
O‘zbekiston turizm sanoatini rivojlantirishda ichki va tashqi turizmda sezilarli 
o‘sishga erishish, O‘zbekiston turizmida raqobatbardoshlikni oshirish, oqibtda, 
xalqaro standartlarga javob beradigan sifatli turistik xizmatlarni tegishli darajasini 
ta‘minlashi mumkin. 




Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin