11.3. Daromadlar siyosati va aholi turmush darajasini o’stirish. Davlatning ijtimoiy siyosati tegishli markazlashgan daromadlarni tabaqa-
lashgan soliq solish yo`li bilan shakllantirish va uni byudjet orqali aholi turli
guruhlari o`rtasida qayta taqsimlashdan iborat. Davlat daromadlarni qayta
taqsimlashda ijtimoiy to`lovlar bilan birga bozor narxlarini o`zgartirish (masalan,
fermerlarga narxlarni kafolatlash) va ish haqining eng kam darajasini belgilash
usullaridan foydalanadi.
Ijtimoiy to`lovlar –kam ta'minlanganlarga pul yoki natural yordam
ko`rsatishga qaratilgan tadbirlari tizimi bo`lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda
qatnashishi bilan bog`liq bo`lmaydi. Ijtimoiy to`lovlarning maqsadi jamiyatdagi
munosabatlarni insonparvarlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish hisoblanadi.
Aholi real daromadlari darajasiga inflyatsiya sezilarli ta'sir ko`rsatishi sababli
daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vazifasi iste'molchilik
tovarlariga narxning o`sishini hisobga olish va daromadlarni indeksatsiyalash, ya'ni
nominal daromadlarni narxlar o`sishiga bog`liqlikda oshirib borish hisoblanadi.
Shaxsiy daromadni himoya qilishda ijtimoiy siyosatning muhim yo`nalish
aholi kambag`al qatlamini qo`llab-quvvatlash hisoblanadi.
Seminar hayotda qashshoqlikning o`zi hayot kechirish minimumi yordamida
aniqlanadi. Bu ijtimoiy va fiziologik (jismoniy) minimumda ifodalanadi. Ijtimoiy
minimum jismoniy ehtiyojlarni qondirishning minimal normasi (me'yori) bilan birga
ijtimoiy talablarning minimal xarajatlarini ham o`z ichiga oladi. Fiziologik
minimum esa faqat asosiy jismoniy ehtiyojlarni qondirishni ko`zda tutadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda aholining ijtimoiy yordamiga
muhtoj qismini aniqlashda turli xil mezonlar asos qilib olinadi. Ular jumlasiga
daromad darajasi, shaxsiy mol-mulki miqdori, oilaviy ahvoli va shu kabilar
kiritiladi.