B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/79
tarix19.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#117863
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish (1)

Tashqi savdo — bir mamlakatning boshqa mamlakat yoki mamlakatlar bilan 
olib boradigan savdosi. Mamlakatdan tovarlar chikarish (eksport) va mamlakatga 
tovarlar kiritish (import)dt tashkil topadi. Eksport va import yigʻindisi 
mamlakatning Tashqi savdo aylanmasini tashkil etadi. Mamlakatlar oʻrtasida 
savdosotiqnint rivojlanishi ikki tomonlama foyda olish imkonini beradi.
Tashqi savdo mamlakatlararo iktisodiy munosabatlarning eng oddiy va eng 
kad. shaklidir. Kds. Misr, Yunoniston va Rim quldorlik tuzumi davridayoq boshqa 


mamlakatlar bilan ikki tomonlama savdosotiq munosabatlarini amalga oshirgan. 
Insoniyat tarixida birinchi marta Sharq va Gʻarb dunyosini bir-biri bilan bogʻlagan 
Buyuk Ipak puli kitalararo savdoni yoʻlga qoʻydi. Bu yoʻl hozirgi Oʻzbekiston 
hududida joylashgan shaharlarda savdosotiqning keng kuloch yoyishiga olib kelgan 
edi. 
T.sning rivojlanishiga Buyuk geografik kashfiyotlaraan soʻng yangi dengiz 
yoʻllarining ochilishi kuchli turtki boʻldi. Ayniqsa, sanoat, mashinalashgan ishlab 
chiqarish. xalqaro xoʻjalik aloqalarini yanada rivojlantirib yubordi. Yangi tarmoklar, 
ishlab chiqarish. turlarining paydo boʻlishi, mehnat unumdorligining oshishi ishlab 
chiqarilgan mahsulotlarning ichki isteʼmoldan tashqari qismini chet ellarga 
chiqarish va sotish imkonini berdi. Ayni paytda kupchilik mamlakatlarda xom ashyo 
resurslariga ehtiyoj keskin oshdi. Natijada tashqi oldisotdi harakatlarini amalga 
oshirishni uygunlashtiradigan xalqaro bozor qaror topdi. 
Tashqi savdoning rivojlanishi asosida xalqaro mehnat taqsimoti va D. Rikardo 
asoslab bergan qiyosiy ustunlik qoidasi yotadi. Bu kridaga koʻra alohida 
sharoitlarning mavjudligi, xususan, qulay geografik joylashuv, noyob tabiiy 
resurslar ayrim mamlakatlarga tovar va xizmatlarning ayrim turlarini i. ch.da 
muayyan ustunliklar beradi. Mamlakat oʻzining qiyosiy ustunligidan foydalanib 
ayrim tovar turlarini ishlab chiqarish.ga ixtisoslashadi, mahsulotlarini boshqa 
mamlakatlarga ham sotish maqsadida katta miqdorda va yuqori sifatda ishlab 
chiqarish.ga xarakat qiladi. Bunday tovar va xizmatlarni uzlarida ishlab 
chiqarmaydigan boshqa mamlakatlar, ishlab chiqarganda ham ularga ketadigan 
sarfxarajatlarning nisbatan yuqoriligini hisobga olib, tashqaridan tovar va 
xizmatlarni kiritish yoʻlini tutadilar. 
Oʻzbekiston Respublikasi jahonning 140 dan ortiq mamlakatlari bilan 
savdosotiq aloqalarini amalga oshirmoqda. 2003-yilda Oʻzbekistonning tashqi 
savdo aylanmasi 6,7 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Bu koʻrsatkich 2002-yilga 
nisbatan 17,3% kupdir. Uning Tashqi savdoda jahonning iqtisodiy rivojlangan 
mamlakatlari hissasi ortib bormoqda. Oʻzbekiston savdo aylanmasining 62% uzoq 
xorij mamlakatlariga, 38% esa MDH mamlakatlari hissasiga toʻgʻri kelmoqda. 
Oʻzbekistonning hozirgi asosiy savdo hamkorlari — Buyuk Britaniya, 
Germaniya, Yaponiya, Shveysariya, AKSH, Janubiy Koreya, Rossiya, Italiya, 
Niderlandiya, Belgiya, Turkiya, Fransiya, Xitoy va boshqa davlatlar. Respublika 
Tashqi savdoning 60%dan ziyodrogʻi Yevropaga, 33% Osiyo, 6,5% Amerika qitʼasi 
mamlakatlari hissasiga toʻgʻri keladi (2003). Tashqariga tovar chiqarish tarkibida 
mashina va asbobuskunalar, rangli metallar va energiya vositalari oʻrin olmoqda. 
Asosiysi — Oʻzbekistonning Tashqi savdoda faqat xom ashyo vositalari bilan 
qatnashuviga barham berilmoqsa, eksport tarkibi sezilarli kengaymoqda. 


Rivojlangan mamlakatlar bilan savdo aloqalari chetdan qoʻshimcha 
moddiymoliyaviy resurslarni jalb kilish, ishlab chiqarish.ga ilgor texnika va 
texnologiyani joriy etish, ichki isteʼmol bozorini turlituman keng xalq isteʼmoli 
tovarlari bilan toʻldirish, xizmat koʻrsatish sohasida xorij tajribasidan foydalanish, 
qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratihda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Xalqaro savdoni tartibga solishda eng ko`p ko`llaniladigan usul bo`lib tarif, 
ya`ni importga solinadigan bojxona boji xisoblanadi.
Importga tariflarning maxsus va advalar turlari o`zaro farklanadi. Maxsus 
bojlar import kilinayotgan tovarlar birligiga nisbatan o`rnatiladi. Masalan, 1 barel 
neftga nisbatan 2 evro. Advalar bojlar import kilinayotgan tovar kiymatiga nisbatan 
ma`lum foiz tarikasida belgilanadi. Masalan avtomobil xarid narxining 40%. 
Xar ikkala turdagi import tariflarning okibatlari deyarli bir xil bo`lib, buni biz 
kuyidagi grafik vositasida ko`rib chikamiz. 
Aytaylik, import tariflari joriy kilingunga kadar ichki ishlab chikarish xajmi 
S1, ichki talab xajmi esa D1 teng bo`lgan. Talab va taklif o`rtasidagi fark (D1-S1) 
import xisobiga koplangan. Mamlakat iktisodiyoti yopik bo`lganida 
baxolar darajasi 
Re ga teng
, talab va taklif muvozanati esa E nuktada o`rnatilgan bo`lar edi. 
Mamlakat iktisodiyoti ochik bo`lgani va importga cheklovlar yo`kligi tufayli milliy 
bozordagi narxlar jaxon bozori narxlari Rw bilan bir xil. Importga tarif joriy kilinishi 
natijasida ichki baxolar Rw dan Rd ga kadar ko`tariladi. 
Tariflar joriy kilingunga kadar bulgan import tovarlar okibatda ite`molchilar 
ma`lum bir yo`kotishlarga duch keladilar. Bu yo`kotishlar grafikda a,b,c,d soxalar 
bilan ko`rsatilgan. Baxolarning ko`tarilishi ilgari rakobatbardosh bo`lmagan ayrim 
ichki ishlab chikaruvchilar uchun xam foyda ko`rib ishlashga imkon beradi. 
Umuman shu soxada band milliy ishlab chikaruvchilar ishlab chikarish xajmini S1 
dan S2 ga kadar oshiradi va S2-S1 xajmdagi maxsulot Pd baxoda sotiladi. SHu 
xajmdagi maxsulotni iste`molchilar oshirilgan narxda sotib oladilar va a soxaga teng 
yo`kotishga duch keladilar. Ammo, bu yo`kotish ichki ishlab chikaruvchilarning 
o`sgan foydasiga aylanadi. 
Baxolarning o`sishi okibatida iste`molchilar ko`rilayotgan tovar iste`moli xajmini 
D1 dan D2 kadar kiskartiradi. Bu yo`kotish grafikda d soxa bilan ko`rsatiladi va u 
xech kimning foydasi bilan koplanmaydi. 
S2- D2 oralik tarif joriy kilingandan so`ngi import xajmi bo`lib, shu xajmda tovarni 
iste`molchilar ilgarigidan yukori baxoda sotib oladilar. Buning natijasida ular 
turmush darajasidagi yo`kotish ro`y beradi. Bu yo`kotish grafikda s soxa bilan 
belgilangan bo`lib, u davlat byudjetiga borib tushadi. YA`ni, bu soxadagi 
iste`molchilarning yo`kotishi davlatning foyda ko`rishi bilan koplanadi. 
Tarif kiritilishi okibatida iste`molchilar talabi arzon import tovaridan kimmat ichki 
tovarga yo`naltiriladi. Iste`molchilarning o`sgan to`lovlari yukori chegaraviy 


xarajatga ega, rakobatbardosh bo`lmagan samarasiz ichki ishlab chiqarishni 
kengayishiga olib keladi. Iste`molchilarning bu yo`kotish v soxasi bilan belgilangan 
bo`lib tarifning «ishlab chikarish samarasi» deyiladi va xech kimning foydasi 
bilan qoplanmaydi. 
Iste`molchilarning 
yo`kotishlari 
Ishlab 
chikaruvchilar 
foydasi 
Davlat 
daromadi
 
Jamiyatning sof 
yo`kotishi 
a + b+ c + d -- 
a -- 
s = 
b + a 
Demak, iste`molchilarning a soxadagi yo`kotishlari ishlab chikaruvchilar 
foydasining o`sishi xisobiga koplanadi. Ayni damda iste`molchilar shu tarmok 
korxonalari aktsiyadorlari bo`lishsa, ular yo`kotishlarining bir kismi o`sgan 
dividentlar sifatida kaytadi. «s» soxada davlat olgan daromadini transfert to`lovlarini 
oshirish, soliklarni pasaytirish, byudjet tashkilotlarida ishlovchilar ish xakini 
oshirishi ko`rinishida iste`molchilarga kaytarishi mumkin.
Ammo «b» K «d» soxalarda jamiyat sof yo`kotishga duch keladi. Valyuta 
kursi o`zgarishi bu yo`kotishlarni bir oz koplashi mumkin. Masalan, 20% li tarif 
kiritilishi natijasida milliy valyuta 4% ga kimmatlashsa import kilinayotgan 
tovarlarning milliy valyutada ifodalangan ichki baxosi 20 % ga emas, 16 % ga 
oshadi. Bu esa tarif kiritilishi okibatida jamiyatning sof yo`kotish «b» va «d» 
soxalarning 80 foizini((16 / 20) x 100 k 80) tashkil etishini anglatadi. 
Umuman olganda tariflarni kiritilishiga nisbatan bir-biriga zid fikrlar mavjud 
bo`lib, bu tadbir mamlakat iktisodiyoti xolati, xususiyati va ko`yilgan maksadlar 
bilan asoslanadi. Bojxona tariflarini kirtishni yoklovchi mutaxassislar fikriga ko`ra 
import tariflari: 

mamlakat mudofaa sanoatini ximoya kilish imkonini beradi; 

mamlakatda bandlilik darajasi o`sishini ta`minlaydi va yalpi talabni ragbatlantiradi, 
importning nisbatan cheklanishi natijasida sof eksport o`sadi va joriy operatsiyalar 
bo`yicha to`lov balansi xolati yaxshilanadi; 

milliy iktisodiyotdagi yangi tarmoklarni ximoya kilish uchun zarur

davlat byudjeti daromadlarini to`ldirish manbai bo`lib xizmat kiladi; 

milliy ishlab chikaruvchilarni demping ko`rinishidagi chet el rakobatidan ximoya 
kiladi; 

iktisodiyot tuzilishini kayta kurishni boshkarish vositasi xisoblanadi va ular 
yordamida mamlakat iktisodiyotidagi ilgor siljishlar ragbatlantiriladi va x.k. 
Milliy iktisodiyotning tiklanishi sharoitida ko`pgina davlatlar o`z ishlab 
chikaruvchilarini chet el rakobatidan ximoya kilish maksadida protektsionizm 


siyosatini ko`llaydilar. Aks xolda, maxalliy korxonalar «sinishi» jamiyatda ishsizlik 
xavfini tugdiradi.
Mamlakatlarda ta`rif mexanizmi orkali tashki 
savdo siyosatini yuritish

birinchi navbatda ushbu mamlakatning asosiy tarmoklari va yangi ishlab chikarish 
soxalarining ximoyalanganligiga ta`sir kiladi. O`zbekistonda avtomobilsozlik yangi 
va istikbolli soxa (tarmok) xisoblanadi va tabiiyki, tarifli ximoyaga muxtoj. 
Tarmokni tarifli ximoyalanishining xakikiy darajasini kuyidagi misolda ko`rib 
chikamiz. Masalan, O`zbekistonda yangi mashinalar uchun import boji 40 foizni 
tashkil kilsin. Ushbu mashinani ishlab chikarish uchun zarur bo`ladigan extiyot 
kismlar asosan chetdan keltirilsin va unga import boji 25 foiz mikdorida o`rnatilsin. 
Bir dona mashinaning narxi 10000 AKSH dollariga teng bo`lsa, ya`ni bitta 
avtomobil’ uchun zarur bo`lgan extiyot kismlarining narxi 7000 dollar, ko`shilgan 
kiymat esa 3000 dollarni tashkil etsin. 
Avtomobil’ importiga 40 foiz tarif belgilanganligi uchun xar bir avtomobil’ 
narxi 4000 dollarga o`sib, tarif bilan birga 14000 dollarni tashkil etadi. extiyot 
kismlar importiga 25 foizli tarif kiritilishi ularga kilinadigan xarajatlarni 1750 
dollarga oshirib 8750 dollarga etkazadi. Okibatda maxsulot birligiga extiyot kismlar 
xarajati 1750 dollarga oshdi. Ko`shilgan kiymat esa 2250 dollarga (4000 - 1750 k 
2250) o`sdi. SHunday kilib, tarif kiritilgandan so`ng maxsulot birligiga to`gri 
keladigan ko`shilgan kiymat 5250 dollarni (3000 K 2250 k 5250) tashkil etdi. Endi 
esa soxa (tarmok)ning samarali ximoyasi formulasidan foydalanamiz. 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin