Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/169
tarix20.05.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118313
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   169
Realizatsiya. Sey, Mal`tus, va Rikardodan farqli o`laroq, Sismondi 
kapitalistik iqtisodiy tizimda to`liq realizatsiya imkoniyati mavjudligini rad etadi. 
Uning ta`kidlashicha, to`liq realizatsiya kichik tovar ishlab chiqarish jarayonida 
mavjud bo`lgan, ammo kapitalizm rivojlanib borishi sayin, talab bilan taklif 
mutanosibsizligi o`sib boradi. Birinchidan, taklifning tavsifi o`zgaradi. O`z vaqtida 
kichik tovar ishlab chiqaruvchi buyurtma asosida, yoki faqatgina uning o`zi uchun 
ma`lum bo`lgan kichik bozor miqiyosida faoliyat olib borgan. Yirik kapitalistik 
korxona esa, yirik bozor manfaati miqiyosida faoliyat yuritadi, u o`z bozorini 
tanimaydi va bunday sharoitlarda qayta ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo`ladi. 
Ishlab chiqarish, deb yozadi Sismondi, ijtimoiy daromadga teng bo`lishi 
kerak, va cheksiz ishlab chiqarishni rag`batlantiruvchilar mazkur daromadni bilib 
olishga qiziqmagan holda millatni kambag`allashishiga yo`naltirib buni boylik sari 
yo`l ochib berayapmiz degan holda halok etishayotganliklarini tushunishmaydi. 
Sismondining fikricha, inqirozining asosiy sababi yalpi talab qisqarishi bilan 
bog`liq. 
Bir 
tomondan 
kapitalizm 
rivojlanishi 
sayin 
kichik 
ishlab 
chiqaruvchilarning xonavayron bo`lishiga, oqibatda iste`mol darajasi past bo`lgan 
ishchilarga aylantirib qo`yadi. Umumiy iste`molning pasayishi, kapitalistlar 
boyligi tomonidan kompensatsiya etilmaydi. Kichik savdogarlar, sanoatchilar 
yo`qolib boradi, va yuzlab kichik tadbirkorlar o`rnini, bitta yirik tadbirkor 
egallaydi. 
Balki ularning barchasi yirik tadbirkor kabi boy bo`lmaydi, ammo umumiy 
holda, bitta yirik tadbirkorga nisbatan yuzlab kichik tadbirkorlar yaxshiroq 
iste`molchi bo`lishadi. Boshqa tomondan, kapitalistik ishlab chiqarish sohasining 
mexanizatsiyalashishi, ishsizlik darajasini oshirib, ish haqini minimum 
darajasigacha 
tushiradi. 
Sismondining 
fikricha 
mexanizatsiyalashtirilgan 
manufakturalar, o`z mahsulotiga nisbatan narxlarni arifmetik progressiyada 
tushirilishiga olib kelib, Shu bilan bir geometrik progressiyada qatorda ishchi 
kuchidan ozod bo`ladi. 
Mazkur masalada Sismondi, Smit, Sey, Mal`tus va Rikardoning fikrlariga 
qarshi chiqadi. Biz doimiy ravishda Adam Smit tomonidan inkor etilgan davlat 
aralashuvini talab etamiz, deb yozadi u. Bunda davlatning asosiy vazifasi, 
kapitalizm rivojlanishining salbiy oqibatlarini tuzatishga qaratilgan ijtimoiy - 
iqtisodiy isloxotlar bo`lishi kerak. Buning oqibatida, aholining ko`plab qatlamlari 
aziyat chekishadi. Aynan mana Shu tajriba, biznining davlat tomnidan himoya 
etilishimiz zarurligini keltirib chiqaradi, va biz davlatni aralashishiga chaqirishimiz 
lozim. 


66 
Sismondining fikricha, davlat kapitalizmning keyingi rivojlanishini 
to`xtatishi kerak. Mavjud kapitalistik korxonalarda u bolalar mehnatini ta`qiqlash, 
ish kunini chegaralash, hamda ishchilarga kasaba uyushmalarini tashkillashtirishga 
ruxsat berishni taklif etib, bu holatlarning barchasi, tadbirkorlar hisobiga ijtimoiy 
sug`urtalar tizimi yaratilishiga olib kelishini (masalan kasallik varaqalari, nafaqa 
va turli to`lovlarni amalga oshirish) va kapitalistlar daromadidan ishchilarni 
ta`minlanishini aytib o`tgan. Mening istagim, deb yozgan edi u, sanoat ishchisi 
xo`jalik faoliyatiga biror kun hamkor bo`lishiga umid qilishdir. 
Kelajakda u, kapitalistik korxonalarni kichraytirib, kichik tovar ishlab 
chiqarishga qaytishni taklif etgan, ya`ni shahar va qishloq xo`jaligi ishlab 
chiqarilishi, ko`plab mustaqil korxonalarga bo`linib, alohida yirik tadbirkorlar 
qo`lida saqlanmasligi lozim, zero yirik tadbirkorlar yuzlab va minglab ishchilar 
hayotini boshqara olish imkoniyatiga ega bo`ladi. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin