Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/169
tarix20.05.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118313
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   169
 
Nazorat uchun savollar: 
1. XIX asr boshida mumtoz siyosiy iqtisodning uch yo`nalishga bo`linishining 
sababi nima? 
2. Smit, Sey, Mal`tus, Rikardo, Sismondi metodologiyalarining o`xshash va 
farqli tomonlari nimada? 
3. Yuqoridagi iqtisodchilardan qaysi biri qiymatning mehnat nazariyasi 
tarafdori, qaysi biri ishlab chiqarish xarajatlari bilan belgilanuvchi qiymat 
nazariyasi tarafdori? 
4. Sey qiymat nazariyasi va zamonaviy qiymat nazariyasi o`xshashligi nimada? 
5. Seyning uch omillar nazariyasi nima? 
6. Yuqorida ko`rib chiqilgan beshta iqtisodchilardan qaysi biri, kapitalizm 
sharoitlarida to`liq realizatsiyani inkor etgan? 
7. Sey va Mal`tus realizatsiya nazariyalarining o`xshash va farqli tomonlari 
nimada? 
8. Mal`tus aholi nufuz qonunining iqtisodiy mohiyati qanday? 
 
Mavzu bo`yicha adabiyotlar ro`yxati: 
1. Бейтон А., Долло К., Дре А.М., Казорла А. 25 ключевых книг по 
экономике. Челябинск, 1999. 
2. Мальтус 
Т. Опыт закона о народонаселении // Антология 
экономической классики: В 2т. Т. 2 М., 1993. 
3. Сисмонди Ж.С. Новые начала политической экономики. Бастиа Ф.М. 
Экономические софизми. Экономические гармонии. М., 2000. 
 
 


67 
VII-BOB. BOZOR IQTISODIYOTIGA MUXOLIF – SOTSIALISTIK 
YO„NALISH MOHIYATI VA UNING TARIXI TADBIRI 
 
7.1. R. Ouen va sotsialist - rikardianlar iqtisodiy nazariyasi 
 
Sotsializm g`oyalari, ya`ni mehnat va iste`moldagi tenglik g`oyalari 
jamoatchilik fikrida inson jamiyati mavjudligining butun tarixi davomida mavjud 
bo`lib, bu g`oyaning ijtimoiy nazariyasiga (mumtoz siyosiy iqtisod) mutaxassislar 
faqatgina XIX asrning boshiga kelib e`tibor qaratishdi. Bu olimlar qatorida ingliz 
sotsialist - utopisti Robert Ouen (1771-1858) va uning tarafdorlari Tomas Gotskin 
(1787-1869), Uil`yam Tompson (1785-1833), Djon Grey (1798-1850) va Djon 
Brey (1809-1895) kabilar tilga olinishi mumkin bo`lib, ular sotsialist - rikardianlar 
nomini Rikardo nazariyasiga sotsialistik xulosalarni kiritish harakati uchun 
olishgan. Ouenning birinchi asari, «Inson tavsifining shakllanishi (Jamiyatga 
nisbatan Yangi qarash)» deb nomlanib 1813 nashr etilgan. Shu bilan birgalikda 
iqtisodiy muammolar uning tomonidan «Lenark grafligiga ma`ruza» (1820), 
«Yangi ma`naviy dunyo haqida kitob» (1836) asarlarida ham ko`rib chiqilgan. 
Iqtisodiy masalalar echimi Gotskinning «Kapital e`tirozlaridan mehnatni himoya 
qilish» (1825), «Xalq siyosiy iqtisodiyoti» (1827), «Mulkning tabiiy va sun`iy 
huquqlari» (1832), asarlari Tompsonning «Boylik taqsimlanish printsiplariga 
kirish» (1824) asari, Nreyning «Ijtimoiy tizim» (1813), kabi asarlarida keltirilgan. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin