70
iqtisodiy nazariyasining alohida elementlarida namoyon bo`ladi. Pozitivizm
xususiyatlaridan biri, hodisalar mohiyatining asosiy sababini qidirishdan voz
kechish bo`lgan, ya`ni sabab va oqibat yondashuvidan. Pozitivistlar, real hodisalar
va ular orasidagi aloqani tadqiq etishni taklif etishgan, ya`ni funktsional yondashuv
tarafdorlari bo`lishgan.
Mill`ning
fikricha, bizning bilimimiz faqatgina hodisalarni tushunishi
mumkin, biz ularning mohiyatini, hattoki aniq fakt yuzaga kelishining real
sabablarini bilmaymiz. Biz faqatgina ularning
boshqa faktlarga aloqasini
tushunishimiz mumkin. Hodisalarni esa biz bor - yo`g`i ularning qonuniyatlarini
tushunamiz xolos.
Mazkur g`oyalarni Mill` iqtisodiy nazariya borasida ham qo`llagan. O`zining
asarida yozishicha: «Biz jamiyatda iqtisodiy fenomenlar umumiy tasvirini oldik.
Mo„ayyan darajada, biz ularning o`zaro aloqasini belgilovchi printsiplarni ham
aniqlaganmiz». Ayniqsa funktsional yondashuv Mill`ning
qiymat borasidagi
tadqiqotlarida namoyon bo`lgan. Sabab va oqibat yondashuvidan, funktsional
tadqiq etishga iqtisodiyot fanining to`la - to`kis o`tishi XIX asrning oxirida yuz
berib, bu holat neomumtozlar va institutsionalistlar nazariyasida namoyon bo`lgan.
Mill` iqtisodiy nazariyasi metodologiyasining
yana bir Yangi xususiyati,
keyinchalik institutsionalizm doirasida rivoj topgan bo`lib, birinchidan bu ijtimoiy
evolyutsiya g`oyasi edi, va bu g`oya ijtimoiy isloxotlar taklifida namoyon bo`ldi.
Ikkinchidan, Mill` iqtisodiy insonni emas, insonni ijtimoiy faoliyatlarida
namoyon bo`lishi nuqtai - nazaridan tadqiq etgan. Mazkur yondashuvga muvofiq,
Mill` jamiyat iqtisodiy tashkillashtirishni sabablari, inson
xulq-atvor xususiyatlari
yoki jamoatchilik munosabatlari, institutlar, psixologik va ma`naviy omillarda
namoyon bo`lishi darajasining tadqiq etilishining o`zi,
siyosiy iqtisod deb
nomlanuvchi fan predmetidir.
Iqtisodiy siyosat alohida elementlari uchun, jamiyat umumiy qarashlari va
siyosati, alohida ahamiyatga ega emas, ammo kengroq tadqiqotlar doirasidan ham,
ularni o`chirib bo`lmaydi, zero inson hayotining turli muhim aspektlari mustaqil
ravishda
rivojlanmaydi, ulardan har - biri boshqalaridan kelib chiqib, chuqur
ravishda ular tomonidan modifikatsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: