71
Mill` ya`ni iqtisodiy o`sish va davlatning iqtisodiyotdagi roli muammolarini taxlil
etadi.
Narx va tannarx. Mazkur masalalar Mill` tomonidan asarining
«Almashish» uchinchi qismida yoritilgan.
Uning fikricha, narx asosida ishlab
chiqarish xarajatlari yotadi. Mill` narx va tannarxning nisbiyligini (Rikardo
terminologiyasi), narx shakllanishi tahlili jarayonida, Mill`,
narx taklif va talab
oorasida funktsional aloqa muammolariga yo`liqib, narxning talabga ta`sirini
tadqiq etib, elastik talab tushunchasini ilgari suradi.
Mablag„, daromad, kapital, realizatsiya. Bu borada, Mill` o`zidan oldingi
davrda yashab o`tgan mumtoz siyosiy iqtisod namoyandalarining fikrlarining turli
kombinatsiyalarda takrorlab, asosan Rikardo nazariyasiga tayanadi.
Iqtisodiy o`sish. Mill` ilk marotaba, iqtisodiy statika va iqtisodiy dinamika
tushunchalarini ajratadi.
Statika ostida, iqtisodiyotning o`zgarmas masshtabdagi
funktsiyasi tushunilsa, dinamika ostida o`sish va qulash tushuniladi. Ammo Mill`
asarlarida, o`sish va rivojlanish tushunchalari aniqlashtirilmagan.
Rivojlanish
tushunchasi ostida, hozirgi davrda iqtisodiyotning sifat darajasidagi o`zgarishi
tushuniladi. O`sish tushunchasi ostida esa, mo„ayyan iqtisodiy ko`rsatkichlarning
miqdoriy oshishi ko`zda tutiladi. Iqtisodiy o`sish muammosini Mill` o`z kitobining
to`rtinchi qismida ko`rib chiqib, bunda asosan iqtisodiy o`sishga ta`sir etuvchi
omillar tadqiq etilgan. Iqtisodiy o`sish
omillari orasida, u ishlab chiqarish
omillarini belgilagan,
masalan texnik jarayon, ishlab chiqarish kontsentratsiyasi
hisobiga xarajatlarni pasaytirish, xo`jalik aloqalarini kengaytirish bilan bog`liq
omillar,
mehnat va kapital migratsiyasi, o`sishi, transport va savdoni rivojlanishi,
taqsimlash tizimi va turmush farovonligini o`sishi, va nihoyat shaxs va mulk
xavfsizligini ta`minlab beruvchi siyosiy omillar.
Shu
bilan birgalikda, Mill` iqtisodiyotdagi o`sish va pasayish fazalarining
davriy o`zgarishini ham ko`rsatib, birinchilardan bo`lib, Angliyada 1825 yilda
boshlab namoyon bo`lgan iqtisodiy sikl mavjudligini ta`kidlagan.
Dostları ilə paylaş: